09:43 / 11.12.2021
2 131

“Roma”da katta yo‘qotish!

“Roma”da katta yo‘qotish!
“Roma”da o‘ynayotgan Italiya futbolining eng iqtidorli vakillaridan biri Nikolo Dzanolo Konferensiyalar ligasi guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida SSKAga qarshida zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, bir necha daqiqadan so‘ng, jarohat tufayli maydonni tark etdi. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘yin vaqtida futbolchining o‘ng soni mushaklarida kuchli og‘riq kuzatilgan.

Dzanolo endi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. U keyingi paytda ikki marta og‘ir jarohat oldi. Joze Mourino yaqinda italiyalik himoyachilar unga qarshi qo‘pol o‘ynayotgani va Nikoloning o‘zi yana jarohat olishdan cho‘chib qolganini ta’kidlab, shogirdiga boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishni tavsiya qilgandi.

22 yoshli futbolchi yaqin orada jamoasiga yordam bera olmasligi ma’lum qilindi. Jarohat jiddiy bo‘lmagan taqdirda ham Nikolo kamida 18 dekabrda maydonga qaytishi mumkin. Agar tekshiruvda biror muammo aniqlansa, u holda universal futbolchi yangi yil bayramidan keyin safga qo‘shilishi aytilmoqda.

Dzanolo joriy mavsumda jami 20 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.

Mourino kashf qilgan hujumchi kovidni yengdi
Joze Mourinoning kashfiyotlaridan biri Feliks Afena-Gyan koronavirus yuqtirib, bir necha uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, yosh futbolchi tibbiyot xodimlari nazoratida ma’lum muddat davolangan. Uning oxirgi topshirgan testi manfiy natija berdi. Mutaxassislar uch kundan keyin mashg‘ulotlarga qo‘shilishiga ruxsat bergani aytilmoqda.

- Nihoyat, testim manfiy chiqdi. Jamoadosh do‘stlarim bilan birga mashg‘ulotlarga qo‘shilishga tayyorman, - dedi Afena-Gyan.

“Roma”ning g‘aznasi boyidi
“Roma” UYEFA tasnifidagi uchinchi musobaqa – Konferensiyalar ligasining guruh bahslarini birinchi o‘rinda yakunlab, nimchorak finalga yo‘llanma oldi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Rim klubi guruh bosqichdagi natijalari evaziga musobaqa tashkilotchilari tomonidan mukofotlanadi. Xabar berilishicha, “Roma” g‘aznasiga UYEFA 7,5 million yevro miqdorida mablag‘ o‘tkazib beradi.

Klub rahbariyati bu summani qishki transferlar vaqtida yangi o‘yinchilarni olish uchun ishlatishni mo‘ljallamoqda.

Gol Mayoralni qutqara olmaydi!
Konferensiyalar ligasi guruh bosqichining oxirgi turida maydonga tushgan Borxa Mayoral SSKA darvozasini ishg‘ol qilib, rimliklarning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

Manbalarning bildirilishicha, bu gol ispaniyalik hujumchining Rimda olib qolish uchun yetarli emas. Bosh murabbiy Joze Mourino o‘tgan yili 10 ta gol bilan klub to‘purari bo‘lgan hujumchini olib qolmoqchi emas. Agar portugaliyalik mutaxassisda Mayoral bilan hamkorlik qilish niyati bo‘lganida uni yozda 15 million yevroga “Real”dan sotib olardi, degan ma’lumot tarqatilyapti.

Mayoral qishki transferlar vaqtida Rimni tark etishi kutilmoqda. Iste’dodli hujumchiga Italiya chempionati vakili “Fiorentina” anchadan beri qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, Angliya premer-ligasidan “Kristal Pelas” mutasaddilari hujumchiga egalik qiluvchi “Real”ni Mayoralni “tumanli albion”ga jo‘natishga ko‘ndirmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma”da katta yo‘qotish!