1 897
Formula-1. Maks Ferstappen afsonaviy Lyuis Hemiltonni ortda qoldirib, jahon chempioniga aylandi
BAAning Abu-Dabi shahrida Formula-1 bo‘yicha 2021 yilning mavsumning so‘nggi poygasi o‘tkazildi. Unda «Red Bull» poygachisi Maks Ferstappen so‘nggi aylanada «Mercedes» piloti Lyuis Hemiltonni ortda qoldirib, chempionga aylandi.
Qizig‘i poyga davomida Hemilton katta ustunlik bilan oldinda borayotgandi, biroq bolidlar o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin hammasi o‘zgarib ketdi va niderlandiyalik poygachi bundan unumli foydalandi.
Shu tariqa Ferstappen ilk bor Formula-1 chempioniga aylandi. Yetti karra chempion Hemilton esa ikkinchi o‘rin bilan cheklandi.
Qayd etish kerak, mavsumning so‘nggi poygasi oldidan Ferstappen va Hemiltonning ochkolari mutlaqo teng edi (369,5). Bu holat musobaqa tarixida 47 yildan beri kuzatilmagandi.
2021 yilgi mavsum kuchli o‘nligidan joy olgan poygachilar:
1. Maks Ferstappen («Red Bull») – 58 aylana
2. Lyuis Hemilton («Mercedes») +2,256
3. Karlos Sayns («Ferrari») +5,173
4. Yuki Sunoda («AlphaTauri») +5,692
5. Per Gasli («AlphaTauri») +6,531
6. Valtteri Bottas («Mercedes») +7,463
7. Lando Norris («McLaren») +59,200
8. Fernando Alonso («Alpine») +1.01,708
9. Esteban Okon («Alpine») +1.04,026
10. Sharl Lekler («Ferrari») +1.06,057
Shu bilan Hemilton Mixael Shumaxerning rekordini yangilash imkoniyatini bu safar qo‘ldan chiqardi. 2020 yilda sportchi Turkiya gran-prisidagi g‘oliblik evaziga yettinchi chempionlikni qo‘lga kiritgan va afsonaviy Shumaxerning rekordini takrorlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"