Yurtimizda futbol mavsumi yakunlangan pallada Superligaga doir faktlarni berishda davom etamiz.
Klublarimizning har yili xorijlik futbolchilar xizmatiga ehtiyoj sezishi odatiy holga aylangan. Xo‘sh, joriy mavsumda qaysi jamoa nechchi nafar legionerni o‘ynatdi? Quyida shu haqida.
Bu borada eng katta ko‘rsatkich Namanganning "Navbahor" klubiga tegishli bo‘ldi. Klub ja’mi 8ta xorijlik futbolchilardan foydalandi. Ularning ayrimlari birinchi davradan so‘ng jamoani tark etdi, o‘rniga esa boshqa ijrochilar kelib qo‘shildi.
- Nikola Tasich (Serbiya) 3ta o‘yin
- Marko Putinchanin (Serbiya) 8ta o‘yin
- Slavisha Stoyanovich (Serbiya) 11ta o‘yin, 2ta gol
- Ivan Solovyov (Rossiya) 24ta o‘yin, 2ta gol
- Ehsoni Panshanbe (Tojikiston) 25ta o‘yin, 2ta gol
- Boyan Naydenov (Makedoniya) 13ta o‘yin, 2ta gol
- Boyan Siger (Serbiya) 14ta o‘yin
- Kosta Guttiner (Braziliya) 12ta o‘yin, 1ta gol
Keyingi o‘rinni "Andijon" jamoasi egalladi. Ushbu mavsumda 6ta xorijlik futbolchi to‘p tepdi.
- Plamen Dimov (Bolgariya) 23ta o‘yin
- Martin Boake (Italiya) 12ta o‘yin, 2ta gol
- Edgard Bernxardt (Qirg‘iziston) 3ta o‘yin
- Pavel Zabelin (Belarus) 14ta o‘yin, 3ta gol
- Vladislav Vasilev (Qozog‘iston) 8ta o‘yin, 1ta gol
- Vasiliy Sovpel (Belarus) 13ta o‘yin, 2ta gol
Pro ligaga tushib ketgan Yaypanning "Turon" klubi ichki chempionat bahslarida 6 nafar legionerning 4tasidan foydalandi. Tojikistonlik 2 futbolchi Firdavs Chakalov va Umarjon Sharipov birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.
- Sinisha Babich (Serbiya) 13ta o‘yin
- Dayan Ponevich (Serbiya) 25ta o‘yin, 1ta gol
- Kim Bo Yong (Janubiya Koreya) 22ta o‘yin, 2ta gol
- Firdavs Chakalov (Tojikiston) 0 o‘yin
- Kvame Karikari (Gana) 5ta o‘yin
- Umarjon Sharipov (Tojikiston) 0 o‘yin
Ulug‘bek Baqoyev murabbiyligidagi "So‘g‘diyona" mazkur yilda Superliganing kumush medallariga ega chiqdi. Jamoada umumiy hisobda 5ta xorijlik futbolchilar to‘p tepishdi. Tabiiyki ikkinchi o‘rinni egallashda ular ham o‘z hissalarini qo‘shdilar.
- Milan Mitrovich (Serbiya) 19ta uchrashuv, 12ta quruq o‘yin
- Luka Chermel (Serbiya) 26ta o‘yin, 1ta gol
- Marko Kolakovich (Serbiya) 24ta o‘yin, 1ta gol
- Darko Stanoyevich (Serbiya) 13ta o‘yin
- Arslanmirat Amanov (Turkmaniston) 11ta o‘yin
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi mavsum boshida odatdagidek ko‘proq gruziyalik futbolchilar bilan tarkibini to‘ldirdi. Hamidjon Aktamovning ushbu yurt ijrochilariga mehri baland ekanligi sir emas. Keling ularning statistikasiga nazar solamiz. Ulardan tashqari Rossiya va Tojikistondan ham to‘p teparlar borligini eslatib o‘tish joiz.
- Mate Vatsadze (Gruziya) 26ta o‘yin, 5ta gol
- Elguja Grigalashvili (Gruziya) 23ta o‘yin, 9ta gol
- Oleg Tolmasov (Rossiya) 23ta o‘yin, 1ta gol
- Georgiy Kuxianidze (Gruziya) 26ta o‘yin, 2ta gol
- Jahongir Ergashev (Tojikiston) 3ta o‘yin
E’tibor berayotgan bo‘lsangiz Muborakning "Mash’al" jamoasi Superligaga qaytgach boshqa jamoalar singari serbiya emas, afrikaliklarga ishonch bildirmoqda. 2021 yil jamoada to‘p tepgan futbolchilarning barchasi "qora" qit’adan hisoblanadi.
- Godvin Chika Okvara (Nigeriya) 12ta o‘yin, 4ta gol
- Ifeni Ifeani (Nigeriya) 22ta o‘yin
- Samuel Chigoze (Nigeriya) 25ta o‘yin, 5ta gol
- Ibe Okoro (Nigeriya) 11ta o‘yin
- Mitchel Uilyams (Nigeriya) 4ta o‘yin
Olmaliqning AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bu yil 4 nafar xorijlik futbolchilarga imkoniyat berdi. Ma’lumot o‘rnida: Martin Boake ikkinchi mavsumning dastlabki qismida "Andijon", ikkinchi davrada AGMK sharafini himoya qildi.
- Elvin Fortes (Gollandiya) 18ta o‘yin, 3ta gol
- Martin Boake (Italiya) 14ta o‘yin, 4ta gol
- Yovan Jokich (Serbiya) 24ta o‘yin, 2ta gol
- Aleksandr Kasyan (Rossiya) 24ta o‘yin, 6ta gol
Qiziq holat, Toshkent klublarining barchasi 3tadan xorijlik futbolchidan foydalanishga qaror qilishdi.
"Paxtakor"
- Dragan Cheran (Serbiya) 23ta o‘yin, 16ta gol
- Boyan Matich (Serbiya) 12ta o‘yin, 2ta gol
- Eren Derdiyok (Shvetsariya) 7ta o‘yin, 3ta gol
"Bunyodkor"
- Ibrohim Tomiva (Nigeriya) 23ta o‘yin, 6ta gol
- Davronjon Ergashev (Tojikiston) 22ta o‘yin, 1ta gol
- Odiljon Abdurahmonov (Qirg‘iziston) 20ta o‘yin, 1ta gol
"Lokomotiv"
- Kaxi Maxaradze (Gruziya) 24ta o‘yin, 1ta gol
- Diyego Bardanka (Ispaniya) 4ta o‘yin
- Samueo Opeks (Nigeriya) 4ta o‘yin
3taliklar qatorini "Qo‘qon-1912" yakunlab beradi. Jamoada 2 nafar serbiyalik, 1ta kot-d'Ivuarlik ijrochi harakat qildi.
- Ivan Yosovich (Serbiya) 24ta o‘yin, 5ta gol
- Yakuba Bamba (Kot-d'Ivuar) 23ta o‘yin, 3ta gol
- Slavko Lukich (Serbiya) 16ta o‘yin, 1ta gol
Bekobodning "Metallurg" jamoasi faqatgina birinchi davradagina legionerlar bilan ishladi. Ikkinchi davrada bor e’tibor mahalliy futbolchilarga qaratildi.
- Yevgen Chumak (Ukraina) 3ta o‘yin
- Yevgeniy Makeyev (Rossiya) 4ta o‘yin
Legioner tanlashda yetti o‘lchab, bir kes maqoliga amal qiladigan Ro‘ziqul Berdiyev 2nafar serbiyaliklar xizmatidan foydalandi.
- Marko Stanoyevich (Serbiya) 24ta o‘yin, 6ta gol
- Andriya Kaluderovich (Serbiya) 14ta o‘yin, 2ta gol
Termizning "Surxon" ham mahalliy yoshlarga urg‘u qaratish maqsadida xorijlik futbolchilardan voz kechdi. Faqatgina Vladimir Bubanya (Serbiya) bilan shartnoma imzolagandi. Bo‘ydor himoyachi mavsum o‘rtasida moliyaviy muammolar sabab jamoani 13ta o‘yindan so‘ng tark etdi.
Legionerlar eng ko‘p qaysi davlatdan?
Serbiya 18
Nigeriya 7
Tojikiston 5
Rossiya 4
Gruziya 4
Belarus 2
Qirg‘iziston 2
Turkmaniston 1
Gana 1
Shvetsariya 1
Ukraina 1
Braziliya 1
Italiya 1
Kot-d'Ivuar 1
Qozog‘iston 1
Ispaniya 1
Gollandiya 1
Janubiy Koreya 1
Bolgariya 1
Makedoniya 1
Muallif: Iskandarov Abdulaziz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"