
Biroz avval YECHL nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi yakunlandi. Bir necha qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan mazkur jarayon qaytadan o‘tkaziladi. Bu haqda UYEFA rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Atletiko" qur’a marosimidagi xato bo‘yicha UYEFA bilan muzokara olib bormoqda. Gap shundaki, guruh bosqichida to‘qnash kelgan "Vilyarreal" va MYU nimchorak finalda o‘ynamasligi kerak. Ispan klubining savatida esa, "Manchester Yunayted" bo‘lgan. Xuddi shunday holat "Atletiko" va "Liverpul" o‘rtasida ham kuzatilgan.
Shuningdek, MYU "Atletiko"ga qarshi tushishi mumkin bo‘lgan jamoalar savatchasida bo‘lmagan. Va ushbu xato "Liverpul" va "Vilyarreal" bilan ham ro‘y bergan.
"Texnik nosozlik tufayli qur’a o‘tkazilmagan, deb topildi va marosim butunlay qayta o‘tkaziladi",-deyiladi tashkilot bayonotida. Ma’lumot uchun, qur’a Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar