
Server Jeparov qo‘l ostidagi O‘zbekiston U-15 Dubayda BAA U-15 ga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Uchrashuv xuddi birinchisi singari o‘smirlarimizning g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Termamizning har ikki golini "Odil Ahmedov akademiyasi" hujumchisi Lazizbek Mirzayev urdi. Zaxiradan maydonga tushgan iqtidorli o‘yinchi bahs taqdirini termamiz foydasiga burib yubordi va terma g‘alabasida o‘zining katta hissasini qo‘shdi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
BAA U-15 – O‘zbekiston U-15 1:2
BAA futbol assotsiatsiyasi maydoni, Dubay.
Gollar: Umar Halil Ibroxim 21' – Lazizbek Mirzayev penalti 47', 71'

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga maqsadli va tizimli tayyorgarlik olib borishi, keyingi yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, turnirning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi, shuningdek, 2023 yil o‘tkaziladigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi maqsad qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar