
Joriy mavsumda murabbiylar o‘rtasidagi raqobat ham yuqori bo‘ldi. Xususan, kuchli uchlikdan o‘rin olgan har bir nomzod o‘z jamoasi bilan birgalikda nafaqat chiroyli o‘yinlar, balki iroda ham ko‘rsata oldi.
Xususan, Ulug‘bek Baqoyev qo‘l ostidagi “So‘g‘diyona” klubi mavsum yakunida AGMK, “Nasaf” va “Bunyodkor” kabi raqobatchilarni ortda qoldirib, kumush medallarga ega chiqdi.
Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi “Nasaf” klubi OFK kubogining finaligacha yetib bordi, mamlakat kubogining g‘olibiga aylandi.
Timur Kapadze O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan ishonchli o‘yinlar o‘tkazdi, “Olimpik” bilan birgalikda esa Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sovriniga munosib deb topildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar