Foto: «Rostov» FK
O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Rostov» klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sobiq futbolchining o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
Nikolay Shirshov 1974 yilning 22 iyunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini Toshkent viloyatining «Sverloves» (1991 yil) klubida boshlagan Shirshov keyinchalik «Traktor» va «Paxtakor» safida to‘p suradi. U «sherlar» tarkibida (1992—1999) 159 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 16 ta golga muallif qilgan. Keyinchalik futbolchi besh yil davomida (2000—2005) «Rostov» sharafini himoya qiladi.
Shuningdek, Shirshov Rossiyaning «SKA», «Bataysk-2007», «Taganrog», «MITOS» va «TPF» klublarida ham o‘ynagan. Nikolay 2013 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosida (1996—2005) esa 64 ta o‘yinda qatnashib, 13 ta gol urgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"