Foto: «Soccernews»
Lionel Messi koronavirusga chalinganini yozgandik. Fanatlar esa «aybdor»ni tezda topishdi. Aytishlaricha, bu — dijey Fer Palasio.
Ular Rojdestvo ta’tillari payti Rosariodagi klubda o‘zaro muloqotda bo‘lishgan. Shu boisdan Messi kasallanganini eshitgan fanatlar Palasioni tinch qo‘yishmayapti, unga tahdidlar bo‘lmoqda.
FOTO: INSTAGRAM
«Unga kasallikni men yuqtirgan emishman. Hatto qotil deyishgacha borishdi. Shaxsiy xabarlar orasida salbiylari juda ko‘p. Urugvayga ketishim uchun kecha test topshirgandim, menda hech qanday koronavirus topilmadi», — tvitterda shu gaplarni yozgan Fer Palasio PZR-testi manfiy chiqqan suratni ham ilova qildi.
Argentinalik futbol yulduzi kovidni yuqtirgani 2 yanvar sanasida ma’lum bo‘lgandi. Undan tashqari, «Pari Sen-Jermen»ning yana uch futbolchisi — Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bityumazal topshirgan testlar ham musbat chiqqan.
Darvoqe, «RMC Sport» yozishicha, kasalligi aniqlanganidan so‘ng o‘zini yakkalagan Messi hozirda o‘zini yaxshi his etyapti, kovid simptomlari uni bezovta qilayotgani yo‘q. U Parijga zudlik bilan uchish uchun navbatdagi kovid-testi manfiy chiqishini kutyapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi