
AGMK seleksiya ishlaridagi transferlarni e’lon qilishni davom ettiradi.
- 15 yil davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasida uzluksiz o‘ynagan, 7 mavsum legioner sifatida Xitoy Superligasi vakili «Chanchun Yatay» jamoasi sharafini himoya qilgan, «Traktor», «Dinamo» klublarida faoliyat yuritgan, «Paxtakor», «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari bilan O‘zbekiston chempioni va O‘zbekiston kubogida ko‘p karra g‘olib chiqqan tajribali himoyachi, 2022 yildan e’tiboran erkin agentga aylangan Anzur Ismoilov AGMK futbol klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
Endilikda AGMK ahil oilasining a’zosiga aylangan Anzur Ismoilovga faoliyatidagi yangi chaqiruv omadli va muvaffaqiyatli bo‘lishini tilab, Olmaliqqa xush kelibsan, Anzur deya ajoyib futbolchini jamoamizga iliq qabul qilamiz!
Anzur Ismoilov haqida qisqacha ma’lumot: futbolchi 1985 yil, 21 aprel kuni tavallud topgan. Sevimli raqami — 5.
Anzur Ismoilov AGMK jamoasida ham 5-raqamli libosda o‘ynaydi, - deb yozadi AGMK matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar