Qish kelib futbolchilarning u klubdan bunisiga ko‘chib o‘tishi boshlanadi. Shartnomasi bor va yaxshi imkoniyatga ega futbolchilar hozircha o‘z klublarida qolishni ma’qul deb bilmoqda. Superliga klublari o‘z safini bir nechta futbolchilar bilan to‘ldirib olgan bo‘lsa-da, biz hali transfer ko‘rmadik. Negaki barcha futbolchilar erkin agent maqomida u klubdan bunisiga ko‘chib o‘tyapti.
Transfer esa amaldagi shartnomasi bor futbolchini ma’lum bir mablag‘ evaziga xarid qilish degani. Futbolda erkin agentni qo‘shib olishdan oson bo‘lmasa kerak. Siz futbolchi bilan kelishasiz, u kelib shartnomaga qo‘l qo‘yadi, tamom-vassalom.
Lekin haqiqiy transfer shartnomasi bor zo‘r futbolchini qo‘lga kiritish bo‘ladi. Birinchidan, klub taklif bilan chiqadi, ikkinchidan futbolchini sotmoqchi bo‘lgan klub yaxshi narx qo‘yadi. Ham klubga pul to‘lashi kerak, ham futbolchining o‘ziga. Aytaylik, O‘zbekiston sharoitida 50 ming dollardan boshlab, 500 ming dollargacha.
Lekin tavakkalga ne hojat. Undan ko‘ra, erkin agentlarni qidiramiz. Chunki ko‘pchilikda shartnoma bir yillik. Aslida transfer siyosati xususiylik sari qadam tashlaydigan klublar uchun o‘ta muhim jarayon bo‘lishi kerak. Chunki klub faqat xarajat qilavermaydi-ku. Pul ham topishi kerak.
Lekin siz falon futbolchiga 500 ming dollar narx belgilasangiz, xaridor chiqadimi? Hamma gap shunda. Mayli, katta pul sarflab sotib oldi deylik. Lekin futbolchi o‘ynab keta olmasa-chi degan hadik paydo bo‘ladi.
Hadik bor joyda biznes bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘zbek futboli biznes emas.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi