Ko‘z ochib yumguncha navbatdagi qishki Olimpiya o‘yinlari ham yaqinlashib kelmoqda. 4-fevral kuni start oladigan O‘yinlarning ochilish marosimi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otayotgani tabiiy. Zero, mezbonlar 2008-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali marosimini fantastik o‘tkazgani shunday xulosaga olib kelmoqda. Xo‘sh, bu yilgi marosimdan nimalar kutamiz?
Dastavval, tadbirning boshlanish vaqtiga to‘xtalsak. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 17:00, mahalliy vaqt bilan esa 20:00 da start oladi. 14 yil avval bo‘lgani kabi tadbir “Pekin Milliy stadioni” yoxud “Qush uyasi” nomi bilan ham mashhur bo‘lgan arenada o‘tadi.
“Olimpiya xartiyasi” haqidagi protokolning 55-moddasiga binoan, marosimda quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
1. XOQ prezidentining chiqishi va nutqi
2. Milliy madhiya yangrashi
3. Atletlar paradi
4. Kabutarlarning ramziy uchirilishi
5. Olimpiya lavr mukofotining topshirilishi
6. Rasmiylarning nutqi
7. O‘yinlarning rasmiy ochilishi
8. Olimpiya madhiyasi sadosi ostida XOQ bayrog‘ining ko‘tarilishi
9. Olimpiya mash’alasini yoqish
10. Badiiy qism
Tabiiyki, hozirgi vaqtda marosimning badiiy qismi sir tutiladi. Uning ochiq bo‘lishi marosimga bo‘lgan qiziqishning tushib ketishini inobatga olsak, bu normal holat. Umid qilamizki, mezbonlar bu safar ham barchamizni lol qoldiradigan sahna ko‘rinishlarini tayyorlashadi.
Rasmiylar. Xorijiy ommaviy axborot vositalarida bir qator davlat rahbarlarining ushbu marosimga tashrif buyurishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Musobaqaning rasmiy saytida bu borada material e’lon qilinmagan bo‘lsa ham, ishonchli manbalar marosimda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Argentina prezidenti Alberto Fernandes, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Kolumbiyaning birinchi xonimi Mariya Ruis kabi rasmiylarning tashrifi haqida xabarlar chop etdi.
Manba: olympic.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi