07:00 / 09.01.2022
1 558

Bir daqiqada eng ko‘p pul ishlagan sportchilar ro‘yxati tuzildi

Bir daqiqada eng ko‘p pul ishlagan sportchilar ro‘yxati tuzildi
Foto: Getty Images
Olbg 2021 yilda bir daqiqalik faoliyatida eng ko‘p pul ishlagan sportchilar ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxatga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi natija irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregorga tegishli. U o‘tgan yili UFC doirasida ikkita jang o‘tkazgan.

Konor amerikalik Dastin Pore bilan ikki marta kurashgan va ikkisida ham mag‘lub bo‘lgan. Makgregor oktagonda jami uch daqiqa vaqtini o‘tkazgan. U bu vaqt davomida 22 million dollar ishlagan. U bir daqiqada 8 mln 695 ming 652 dollar topgan. Irlandiyalik sportchi bir million dollarga yetti soniyada erishgan.

Undan keyingi o‘rinda meksikalik bokschi Saul Alvares joylashdi. U daqiqasiga 444 ming 444 dollar topgan.

Uchinchi o‘rinda amerikacha futbol o‘yinchisi Dak Preskott turibdi. Preskott bir daqiqada 325 ming dollar ishlagan.

Yuqori 20 talikning 17 tasi amerikacha futbol o‘yinchilariga tegishli.

Futbolchi Neymar ro‘yxatda 17-o‘rinda joylashgan. U bir daqiqada 32 ming 716 dollar topgan. Messi 23-, Ronaldu 25-o‘rindan joy oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bir daqiqada eng ko‘p pul ishlagan sportchilar ro‘yxati tuzildi