Italiya A Seriyasining 21-turida eng keskin va murosasiz to‘qnashuvlardan biri “Olimpiko” stadionida “Roma” va “Yuventus” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bu ikki klub azaldan bir biriga ashaddiy raqib hisoblanadi.
Xorij matbuoti bu galgi bahsga doir materiallarni tayyorlash jarayonida mashhur mutaxassislarning fikr-mulohazalarini ham o‘rganmoqda. Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.calciomercato.com sayti mashhur ekspert Zbegniv Bonekning fikrlariga qiziqdi.
Zbignev Bonek ayni paytda Polsha futbel federatsiyasi prezidenti hisoblanadi. U o‘z davrida eng zo‘r futbolchilardan bo‘lgan. Futbol qiroli Pele Bonekni o‘tgan asrning eng zo‘r 125 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritgan.
Jurnalistlar “Roma” va “Yuventus” o‘yini bo‘yicha undan fikr so‘ragani bejiz emas. Bonek “Yuventus” va “Roma”da uch yildan faoliyat ko‘rsatgan va Italiya maydonlarida umumiy hisobda 172 ta uchrashuv o‘tkazib, 37 ta gol urgan, ikki marta Skudettoni qo‘lga kiritgan.
Zbignev Bonek UYEFA miqyomidagi turnirlar – Yevropa Chempionlari kubogi, Kubok egalari kubogi va UYEFA Superkubogi sohibi, 1982 yilgi jahon chempionati sovrindori hisoblanadi.
Zbignev Bonek “Roma” haqida gapirar ekan, Eldor Shomurodovning hujumchilik mahoratini Temmi Abraxamdan ustun qo‘ydi.
- Bu bahsda ochiq futbol ko‘ramiz va o‘yinda yaqqol favorit yo‘q. “Roma”da tarkib borasida muammo borligi rost, lekin “Yuventus” ham o‘z o‘yinini hali yo‘lga qo‘yib ulgurgani yo‘q. Turinliklar harakatida sifat bor, ular har qanday jamoaga zarba berishi mumkin, biroq avvalgi qudratini ko‘rmayapman.
Bu bahs Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun eng muhim to‘qnashuv bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, “Roma” uchun. Agar Joze Mourino shogirdlari Chempionlar ligasiga chiqa olmasa yoki Konferensiyalar ligasida zafar quchmasa, mavsum “Roma” uchun muvaffaqiyatsiz o‘tgan hisoblanadi.
“Roma”dagi Temmi Abraxam yaxshi hujumchi, lekin men unda hujumchilar uchun zarur bo‘lgan “qotillik instinkti” yetishmaydi, deb hisoblayman. Mening nazarimda, “Roma”ning eng xavfli o‘yinchisi boshqa, ya’ni Shomurodov. Agar Eldor Abraxam o‘ynagan o‘yinlarda uning o‘rniga harakat qilganida angliyalik hujumchidan ko‘p gol urgan bo‘lardi.
Joze Mourino va Massimiliano Allegri har ikkisi tajribali va kuchli murabbiylar, biroq bellashuvda maydonda ular o‘ynamaydi va gol urmaydi.
“Olimpiko”dagi bahsda torozi pallasini bosishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilari Lorenso Pellegrini va Nikolo Dzanolodir. Ular “Roma”ning eng kuchli ijrochilari hisoblanadi. Shuningdek, men Genrix Mxitaryan ham boshqalardan ko‘ra foydaliroq, deb bilaman.
Yangi o‘yinchi Eynsli Meytlendd-Nayls maydon markazini ushlashi kerak bo‘ladi, - dedi Zbignev Bonek.
Darhaqiqat, Joze Mourino yozda hujum chizig‘iga ikki futbolchi – Eldor Shomurodov va Temmi Abraxamni olib kelgan bo‘lsa-da, boshlang‘ich tarkibda asosan angliyalik yulduz xizmatidan foydalanyapti.
Ko‘p mutaxassislar Shomurodovni Abraxamdan kam sanamaydi, biroq “Chelsi” futbolchisi rimliklarga 40 million yevroga tushgani va jamoada eng katta maoshni olayotgan bu borada hal qiluvchi rolni o‘ynamoqda.
Faktlarga e’tibor qaratimiz: Eldor Shomurodov “Roma” safida A Seriya va Konferensiyalar ligasi kvalifikatsiyasi va guruh bahslarida jami 24 ta o‘yinda ishtirok etdi. Lekin maydonda harakat qilgan vaqti atigi 883 daqiqaga teng. Bu vaqt mobaynida u uchta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Temmi Abraxam Rimga kelganidan beri har ikki musobaqada 26 ta o‘yin o‘tkazdi. Maydonda bo‘lgan vaqti 1951 daqiqani tashkil qilmoqda. Bu vaqt ichida 13 ta gol va 3 ta assistni amalga oshirdi.
“Roma” – “Yuventus” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi