2 857
«Shomurodov hammasini noto‘g‘ri bajardi» — Mourino «Yuve» bilan o‘yindan so‘ng Eldorni ham tanqid qildi
Foto: Getty Images
«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya 21-turidan o‘rin olgan «Yuventus» (3:4) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«70 daqiqa davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Jamoa juda zo‘r o‘ynadi. Bahsni nazorat qilish uchun xarakter ko‘rsatdi.
Biroq 70-daqiqadan so‘ng psixologik nosozlik yuz berdi. «Yuve»ning ikkinchi goli bizni taslim qildi. Feliks Afenya-Gyan ajoyib o‘yin o‘tkazdi va Kuadrado bilan to‘qnashuvdan so‘ng jarohat oldi. Uni almashtirdim, lekin o‘rniga tushgan futbolchi (Eldor Shomurodov) hammasini noto‘g‘ri qildi.
Kuchli xarakterga ega raqibga hisobni 2:3 qilish imkonini berdik. Qo‘rquv paydo bo‘ldi. Menga bunday hisob muammo emas, ammo jamoa uchun muammoga aylandi. Qiyin vaziyatlarda xarakter ko‘rsatish kerak, ammo bizning kiyinish xonamizda juda yumshoq va zaif odamlar bor.
Agar o‘yin 70-daqiqada yakunlansa, hammasi ajoyib bo‘lishini futbolchilarga aytdim. Afsuski, bahs buncha davom etmaydi», — deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov bellashuvning 71-daqiqasida — jamoasi 3:2 hisobida oldinda borayotganida zaxiradan maydonga tushdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi