"Roma" o‘z maydonida "Yuventus"dan alamli mag‘lubiyat qabul qilib oldi. O‘yinning katta vaqtida hisobda oldinda borgan rimliklar yakunda 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mashhur sharhlovchi Davron Fayziyev mazkur o‘yinda o‘z munosabatini bildirdi:
"Gap Joze Mourinoning murabbiylik darajasida emas. U hamon top, lekin ishlayotgan klubi va o‘z ambitsiyalarini moslab olishi kerak. To‘g‘ri, bu ko‘proq odam psixologiyasi bilan bog‘liq. Har kim badavlat hayot va yutuqlarga ko‘nikkach, birdan o‘rtacha holatga qaytishi qiyin. Qaytganda ham o‘rganish uchun vaqt kerak. Ana shu narsada qiynalmoqda Mourino. Avval ham qiziqqon ediyu, asosan raqiblarga nisbatan. Hozir esa ommaviy tarzda o‘z jamoasini tanqid qilyapti.
Kecha "Yuve"ga yutqazgach, Joze jamoasining ruhiyati yo‘qligi, kuchlilar bilan kurashishni bilmasligi, liderlik hususiyatiga ega futbolchi yetishmasligi va yana bir qancha kamchiliklarni keltirib o‘tibdi. Bu hammasi ichkarida gaplashiladigan gaplar. Ichkaridagi gaplarni ommaga olib chiqqan futbolchilarni u bir paytlar "kalamush" deb atagan. Avvallari tanqid zarbasini o‘ziga qabul qilib, bu orqali jamoasini bosimdan xalos qilardi. Aybni o‘z zimmasiga olardi. Hozir esa…
(Videoda 2018 yilgi eski matbuot anjumani, shunchaki Joze mag‘lubiyatdan keyin o‘ziga hurmat talab qilgan vaziyat).
Shaxsan men uchun Joze Mourino zamonamizning eng kuchli murabbiyi bo‘lib qolaveradi, ammo yoshi sabablimi bilmadim, xarakteri tobora og‘irlashib bormoqda. G‘alabaning muallifi ko‘p, mag‘lubiyat murabbiyniki".
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar