09:15 / 15.01.2022
1 793

Hamyurtimiz Anvar Boynazarovdan navbatdagi nokaut (video)

Hamyurtimiz Anvar Boynazarovdan navbatdagi nokaut (video)
Xabaringiz bor, o‘zbek muaytay olamining yorqin vakili Anvar Boynazarov MMAda o‘z faoliyatini boshlagan va bugunga qadar ikkita jang o‘tkazishga ulgurgandi. Quvonarlisi, u har ikki jangida raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. Boynazarov professional muaytay hamda kikboksing yo‘nalishida jahonning eng nufuzli Glory promoushenida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.

Endilikda MMA da javlon urayotgan hamyurtimiz hozirgina yana bir bor oktagonga ko‘tarildi. Boynazarov o‘zining 3-jangini AQSHning nufuzli LFA (Legacy Fighting Alliance) promousheni doirasida Jon Famga (4-2) qarshi o‘tkazdi.

Xursandchilik ila aytish mumkinki, yurtdoshimiz raqibiga xech qanday imkoniyat qoldimgan holda, birinchi raundning dastlabki soniyasidayoq tizza zarbasi bilan raqibini nokaut holatiga tushirdi. Shu tariqa u MMAdani 3- g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

O‘z navbatida ushbu chiroyli g‘alaba bilan hamyurtimizni tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz!

Mazkur jangni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: VIDЕO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamyurtimiz Anvar Boynazarovdan navbatdagi nokaut (video)