“Roma” hujumkor futbolisi Nikolo Dzanolo “Yuventus” nishoniga tushdi. Turinliklar argentinalik hujumchi Paulo Dibala o‘rniga italiyalik yulduzni olib kelmoqchi.
Gap shundaki, klub va Dibala o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha kelishuv anchadan beri davom etadi. Yaqinda ular o‘zaro kelishib olgandek bo‘lgandi. Biroq, “Yuventus” xo‘jayinlari maosh masalasini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilganidan keyin Dibala shartnomani qabul qilmaydigan bo‘ldi.
Avvalga Krishtianu Ronaldu soyasida qolib ketgani ta’kidlangan Paulu portugaliyalik to‘purar ketganidan keyin ham u qayd etgan ko‘rsatkichlarni takrorlay olmadi. Hozir Turin klubi hujum chizig‘ini kuchaytiradigan o‘yinchilarga ehtiyoj sezmoqda.
22 yoshli Nikolo Dzanolo anchadan beri A Seriya grandlarini qiziqtirib keladi. Uning “bo‘rilar” bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Rim klubi ham iste’dodli tarbiyalanuvchisiga yangi bitim berishni maqsad qilgan.
Dzanoloning o‘zi yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalarda o‘ynashni istayapti. “Roma” bunday klubga aylanishi uchun hali ancha vaqt kerak ekani ko‘rinib qoldi. Nikolo joriy mavsumda A Seriya va Konferensiyalar ligasida jami 24 ta uchrashuvda qatnashib, uchtadan gol va golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning transfer summasi 33 million yevroni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” o‘tgan yili yanvarda va yozgi transferlar mavsumida Eldor Shomurodovga ham qiziqish bildirgan edi.
Mourinoga “Bavariya” o‘yinchisi kerak
Foot Mercato nashrining xabar berishicha, “Bavariya” himoyachisi Buna Sarrning xaridorlari safi kengayib bormoqda.
Senegallik tajribali futbolchiga “Roma” skautlari ham e’tibor qaratgan. Joze Mourino Rim klubiga katta jamoalar “nonini yegan” futbolchilarni olib kelishga alohida e’tibor qaratmoqda.
“Bavariya” Buna Sarrni 2020 yili “Marsel”dan transfer qilib, 2024 yilning yarmigacha bitim tuzgan edi. 29 yoshli futbolchi joriy mavsumda jami o‘n marotaba maydonga tushib, bitta gol urishga ham erishdi.
Buna Sarrga “Roma”dan tashqari “Bordo”, “Lill” va “Jenoa” kabi jamoalar taklif bilan chiqqani aytilmoqda. Uning transfer summasi keskin pasayib ketgan va hozir 3 million yevroni tashkil qilmoqda.
Sardor tekshiruvdan o‘tkazildi
“Roma” sardori Lorenso Pellegrini jarohatidan tiklanib, “Kalyari”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi kutilgandi. Biroq o‘yinoldi mashg‘ulotida u yana shifokorlar yordamiga muhtoj bo‘lib qoldi.
25 yoshli futbolchi jarohat olgan oyog‘ida og‘riq sezgan va mashg‘ulotlarni to‘xtatgan. Tabiiyki, o‘yinda ham qatnashmadi.
Lorenso chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Mutaxassislar u mashq qilishni vaqtida to‘xtatganini ta’kidlamoqda. Unda yangi jarohat aniqlanmagan. Uni avvalgi jarohatidan qolgan chandiqda shamollash jarayoni ketayotgani bois, og‘riq bezovta qilgan.
Endi Pellegrini yana bir necha kun tibbiy muolaja olishi talab etiladi.
Mourino “Roma”da qoladigan bo‘ldi
Bosh murabbiy Rafael Benitesga javob berib yuborgan “Everton” bu lavozimga nomzodlar orasiga Joze Mourinoni ham qo‘shgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, Joze Mourino vaziyat chigallashib ketmasidan liverpulliklarga rad javobini bergan.
Portugaliyalik mutaxassis ayni paytda bor e’tiborini “Roma”ning uch yillik loyihasini amalga oshirishga qaratgan. Uning oldiga jamoani grand klublar qatoriga qo‘shib, Yevropa Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etishi va sovrinli o‘rinlar uchun kurashishini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot