23:59 / 18.01.2022
1 219

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyada “Roma” vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyada “Roma” vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘FA rahbariyati hamda “International Management Group” kompaniyasi va Italiyaning “Roma” klubi vakili Karlos Perez o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, mazkur kompaniya sport tadbirlarini tashkil etish, menejment, marketing kabi bir qator yo‘nalishlarda dunyoning yetakchilaridan hisoblanadi. Kompaniya bu borada ko‘plab mamlakatlar va klublar bilan zamonaviy futbolni rivojlantirish borasida hamkorlik qilib keladi.

Uchrashuv avvalida Karlos Perez mamlakatimizda ko‘plab iqtidorli futbolchilar mavjudligi, ular jahon maydonlarida o‘zlarining iste’dodlarini ko‘rsatib kelayotganligini Eldor Shomurodov misolida e’tirof etdi.

O‘FA vakillari yurtimizda “Roma” klubi akademiyasini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish borasida fikr bildirishdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik iqtidorli futbolchilar hamda murabbiylarni Italiyada malaka oshirish va tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. Yevropada mavqei yuqori hisoblangan “Roma” klubining marketing tizimini o‘rganib chiqib, O‘zbekistonda tatbiq etish taklifi ilgari surildi.

Eldor Shomurodov kabi yetakchi futbolchilarimizning xorijiy klublardagi faoliyatiga oid maxsus filmlar tasvirga olish kerakligi, bu esa yosh futbolchilarning motivatsiyasini oshirish, o‘z ustida ishlash, professionallikka intilish, irodali bo‘lib yetishishlariga turtki bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

O‘FA rahbariyati Yevropaning yetakchi chempionatlari va klublarida O‘zbekiston brendini ilgari surish bo‘yicha o‘z takliflarini eshittirdi. Karlos Perez kelajakda bu kabi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyada “Roma” vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi