“Roma” 20 yanvar kuni joriy mavsumdagi uchinchi turnir – Italiya kubogidagi yurishini boshlaydi. Aslida Joze Mourino jamoasi oldiga ushbu musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritish ham qo‘yilgan.
A Seriyada rimliklarning ishlari kutilganidek ketmayapti. Jamoa kuchli to‘rtlikdan sezilarli darajada orqada qolgan va katta e’timol bilan bu gal Chempionlar ligasiga chiqa olmaydi. Ular mavsum oxiriga qadar Yevropa Ligasiga yo‘llanma beradigan beshinchi va oltinchi o‘rinlar uchun kurashadigan ko‘rinadi.
Konferensiyalar ligasidagi ehtimoliy g‘alaba ham UYEFAning uchinchi darajali turniridagi sovrin va Yevropa ligasiga yo‘llanma beradi xolos.
Italiyaliklar uchun mamlakat kubogining qadri baland. “Roma” bu musobaqada katta tarixga ega. Aytgancha, bu yil ushbu ajoyib turnir boshlanganiga roppa-rosa 100 yil bo‘ldi. An’anaga ko‘ra, 1922 yildan beri o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa bosh sovrinini 10 marotaba qo‘lga kiritgan klub o‘z formasiga kumush yulduz emblemasini tiktirib olish huquqiga ega bo‘ladi. Hozircha, buni faqat bir jamoa – “Yuventus” uddalagan. Amaldagi g‘olib - turinliklar hisobida 14 ta kubok bor.
Eng ahamiyatli jihati, “Roma” o‘z tarixi davomida to‘qqiz marta bosh sovrinni o‘zini qildi. Bu yilgi yubiley turnirda g‘olib chiqsa, xuddi “Yuventus” singari o‘z formasiga bitta kumush yulduz yopishtirib oladi.
“Roma” 1964, 1969, 1980, 1981, 1984, 1986, 1991, 2007, 2008 yillarda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan va yana sakkiz marta final uchrashuvini boy bergan. Yangi asrda poytaxt klubi yetti marotaba finalda o‘ynagani Rimning ashaddiy muxlislari qalbida bu gal ham jamoa muvaffaqiyatga erishishga qodir, degan ishonchni mustahkamlanishiga sabab bo‘lmoqda.
“Roma” Italiya kubogini nimchorak finaldan boshlaydi. Joze Mourino shogirdlari “Olimpiko”da V Seriya vakili “Lechche” bilan to‘qnash keladi.
“Lechche” joriy mavsumda A Seriyaga qaytishga harakat qilmoqda va hozircha, o‘z maqsadiga yetishga yaqin turibdi. Bu jamoa barcha turnirlardagi oxirgi 19 ta uchrashuvda atigi bir marta mag‘lub bo‘ldi. Shunda ham ular V Seriya peshqadami “Piza”ga kichik hisobda yutqazdi.
Italiya kubogini saralash raundidan boshlagan “Lechche” dastlabki urinishda “Parma” ustidan safarda 3:1 hisobida zafar quchdi. Nimchorak final yo‘llanmasi uchun bo‘lgan keyingi bosqichda “Lechcha” A Seriya vakili “Spetsiya” maydonidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.
“Roma”da esa ayni paytda burilish nuqtasida turibdi. Jamoa A Seriyada ketma-ket ochko yo‘qotishlar – bitta durang va ikkita mag‘lubiyatdan so‘ng, autsayderlardan hisoblangan “Kalyari”ni bazo‘r yutdi. Gol ham penaltidan kiritildi.
Joze Mourino shogirdlari A Seriyadagi muvaffaqiyatsizliklarni Italiya kubogidagi g‘alabalar bilan kompensatsiya qilishga tayyor.
Shu o‘rinda bir mulohaza. Odatda, kubok o‘yinchilarida murabbiylar asosiy tarkibga kira olmayotgan o‘yinchilarni sinab ko‘radi. Shu ma’noda, biz Eldor Shomurodov hech bo‘lmaganda ushbu turnirda o‘z imkoniyatiga ega bo‘lishini kutamiz. A Seriyada Joze Mourino har qanday vaziyatda qimmatbaho yulduz Temmi Abraxamga beradi. Ikkinchi hujumchi vazifasini Afrika Millatlari kubogi musobaqasida terma jamoasi sharafini himoya qilishdan ko‘ra, Rimda qolgani bilan Mourino e’tiborini tortgan Feliks Afena-Gyan bajarmoqda. Shomurodov esa, avvalgidek bir necha daqiqa o‘ynayapti xolos.
Bundan tashqari, Italiya kubogi legionerimiz uchun omadli turnir hisoblanadi. Eldor bu musobaqa doirasida faqat bitta o‘yin o‘tkazgan. Italiyadagi dastlabki samarali harakatini 2020 yilinng kuzida “Jenoa” safida “Sampdoriya”ga qarshi kubog o‘yinida amalga oshirgandi. Esingizda bo‘lsa, hisobda ortda borayotgan “Jenoa” Eldorning golli pasidan foydalanib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirgan edi.
Ana shu omillarni inobatga olib, Joze Mourino “Lechche”ga qarshi uchrashuvda Shomurodovga imkon berishiga va Eldor samarador harakatlari bilan ishonchni oqlashiga umid qilib qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot