Kecha PFL 2022 yilgi futbol mavsumi uchun yangi reglamentni e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu yil ham Pro ligada 10ta klub ishtirok etadi. Klublar avvaliga uy-mehmon tarzida 18 turni o‘tkazishadi. Shundan so‘ng jadval ikki qismga bo‘linib, yuqori beshlik Superliga uchun, quyi beshlik Pro ligada qolish uchun kurash olib boradi.
Ikkinchi bosqichda klublar uy-mehmon tarzida 8tadan o‘yinda maydonga tushishadi. Bu yil Pro ligada ishtirok etadigan klublar: "Mash’al", "Andijon", "Turon", "Nurafshon" ("Buxoro"), "Xorazm", "Yangiyer", "Sho‘rtan", "Orol", "Zomin" va "G‘ijduvon".
Reglamentga ko‘ra, Pro liga musobaqasi yakunlangach, dastlabki ikki o‘rin egasi to‘g‘ridan to‘g‘ri Superligaga yo‘l oladi. 3-o‘rin sohibi esa Superliganing 12-jamoasi bilan pley-off uchrashuvida maydonga tushadi. Pro ligada 10-o‘rinni egallagan klub Birinchi ligaga tushib ketadi. 9-o‘rinni band qilgan jamoa Birinchi liganing 2-o‘rin egasi bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot