
A Seriya 23-turidan o‘rin olgan "Empoli" - "Roma" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Mazkur bahsda mehmonlar 4:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Bo‘rilar" safida Abraxam dubl qayd etdi. Shuningdek, Oliveyra va Zanolo ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. "Empoli"dan Pinamonti va Bayrami Rim klubi darvozasini ishg‘ol etdi.
Shunday qilib, 6-o‘rinda borayotgan "Roma" hisobidagi ochkolari sonini 38 taga yetkazib oldi. 29 ochkoga ega "Empoli" 12-pog‘onani band etgan.
Empoli – Roma 2:4 (0:4, 2:0)
Gollar: 0:1 – 24 Abraxam, 0:2 – 33 Abraxam, 0:3 – 35 Serjiu Oliveyra, 0:4 – 37 Dzanolo, 1:4 – 55 Pinamonti, 2:4 – 72 Bayrami.
Empoli – Vikario, Fyamotssi, Tonelli, Ismayli, Markitssa (Viti, 42), Xenderson (Kutrone, 81), Bandinelli (Benassi, 81), Bayrami, Jurkovski, Richchi, Pinamonti.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Meytlend-Naylz (Vinya, 60), Mxitaryan (Veretu, 75), Serjiu Oliveyra, Kristante, Dzanolo (Afena-Gyan, 79), Abraxam.
Ogohlantirishlar: Manchini (52), Tonelli (63), Benassi (83), Kristante (85).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar