19:10 / 24.01.2022
2 294

“Roma”dan ketishim kerakligini angladim!

“Roma”dan ketishim kerakligini angladim!
“Roma” futbol klubi tarbiyalanuvchisi Alessandro Florensi bugungi kunda “Milan” sharafini himoya qilmoqda. Har bir rimlik futbolchi singari “bo‘rilar” jamoasidan o‘ynashni orzu qilgan Florensi poytaxt klubidan nega ketganini ochiqlab o‘tdi.

Rim klubini qabul qilib olgan Joze Mourino ham tajribali futbolchi bilan ishlashni istamadi va klub uni yozda navbatdagi ijaraga jo‘natib yubordi.

- Hech qanday shubhasiz, men “Roma”ning bir bo‘lagiman va bu klub menga yetishmayotganini his qilib yashayapman. Bu men bolaligimdan muxlislik qiladigan va unga borimni berishga tayyor bo‘lgan jamoa.

Menga rimlik muxlislarga qahramonlar kerak emas, deyishganidan keyin klub bilan yo‘limiz ayro tushganini bildim.

Jamoa afsonalari – Daniele de Rossi va Franchesko Totti qanday ketganini ko‘rdim va navbat menga yetganini tushunib yetdim. O‘zimni professionallardek tutishga, klubga ortiqcha ziyon yetmasligi uchun ketdim. Buni qabul qildim va oldinga intilishda davom etdim.

Xorijdagi faoliyatim menga yordam berdi, endi Italiya chempionatida “Roma”ga duch kelsak, menga oson bo‘lmayapti. Agar sobiq jamoaga gol ursam, hech qachon uni nishonlamayman
, - dedi Alessandro Florensi.


30 yoshli futbolchi o‘ng qanot himoyachi va yarim himoyasida ishonchli o‘ynay oladi. “Roma”dan tashqari “Krotone”da o‘ynagan Florensi 2020 yilning yanvaridan boshlab, turli jamoalarda ijarada yuribdi.

U dastlab, “Valensiya”ga ijaraga jo‘natildi. Keyin bir mavsum PSJ sharafini himoya qildi. 2021 yilning avgustidan beri “Milan”da o‘ynamoqda.

Florensi yozda Italiya terma jamoasi safida Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan. Alessandro joriy mavsumda “Milan” safida jami 21 marotaba o‘yinga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Veretu “Roma”da qoladi
“Roma”ning fransiyalik legioneri Jordan Veretuga Angliya premer-ligasi vakillari “Nyukasl” va “Tottenxem”dan jiddiy qiziqish bo‘layotgan edi.

Futbolchining agenti Mario Juffredi masalaga oydinlik qiritdi. Jordan “Roma”da qoladi. Hech bo‘lmaganda, mavsum oxirigacha Rimda bo‘ladi, dedi Mario Juffredi.

Shuningdek, bu mutaxassis Jordan Veretuni Joze Mourino qiziqayotgan “Tottenxem” yarim himoyachisi Tangi Ndombelege almashtirish variantini ham keskin rad etdi.

“Nant” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Veretu “Roma”ga qadar “Aston Villa”, “Sent-Etenn” va “Fiorentina” jamoalarida to‘p surgan.
28 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobga to‘rtta gol va sakkizta golli pas yozdirib qo‘ydi.

“Roma” Belgiyaga o‘yinchi jo‘natadi
“Roma” mutasaddilari amerikalik himoyachi Brayan Reynoldsni Belgiya chempionatiga jo‘natishga rozilik berdi. Biroq, iste’dodli futbolchi avvalgi kutilganidek “Anderlext”ga emas, baoki “Kortreyk” jamoasi safiga qo‘shiladigan bo‘ldi.

AQSH terma jamoasining 20 yoshli o‘yinchisi mavsum oxirigacha Belgiya chempionatida to‘p tepadi. Kelishuvga ko‘ra, ushbu muddat ichida “Kortreyk” uning maoshini to‘liq o‘zi to‘laydi.

Reynolds joriy mavsumda rimliklar safida atigi 91 daqiqa harakat qildi. U asosiy tarkibga kira olmagani uchun Joze Mourino himoyachi bilan xayrlashishni ma’qul topdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma”dan ketishim kerakligini angladim!