23:40 / 25.01.2022
1 138

“Roma”ning sobiq futbolchisidan “Roma” hujumchilariga maslahat...

“Roma”ning sobiq futbolchisidan “Roma” hujumchilariga maslahat...
“Roma”ning sobiq futbolchisi Roberto Prutsso “bo‘rilar”ning hujumida harakat qilayotgan futbolchilarga, xususan, asosiy to‘purarga aylangan Temmi Abraxamga o‘yinining ayrim jihatlarini kuchaytarishi bo‘yicha maslahat berdi.

- Temmi Abraxam ba’zan xudbinlik qiladi, ayrim hollarda birgina xato uni o‘ziga bo‘lgan ishonchidan mosuvo qilishi mumkin. U xotirjamlikni saqlab turishni o‘rganishi kerak. Abraxamda menga yoqadigan xislat ham bor. Temmi jismonan baquvvat emas va shuning uchun ko‘p yiqiladi, shunga qaramay, o‘rnida turib, kurashni davom ettiradi. Bu uning jangchi ekanidan dalolat beradi.

Shuningdek, Joze Mourino “Roma”ni ko‘tarishga qodir yagona murabbiy. Ular Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan kuchli to‘rtlikdan unchalik uzoqda emas. Lekin buni uddalash juda qiyin masala.

Shu bois, rimliklar Italiya kubogini qo‘lga kiritishga harakat qilishi kerak. Bu ham juda nufuzli sovrin. Konferensiyalar ligasini unchalik xush ko‘rmayman. Lekin mavsum oxirida birorta xalqaro yutuq sifatida u ham yoqimli ko‘rinish hosil qilishi mumkin
, - dedi Roberto Prutsso.

Shu o‘rinda, Roberto Prutssoning faoliyatida Eldor Shomurodovnikiga o‘xshash jihat borligini ta’kidlash lozim. Bu hujumchi xuddi hamyurtimiz kabi “Roma”ga o‘tishdan avval “Jenoa” safida o‘ynagan. U 1973-1978 yillar davomida Genuya klubida 143 ta uchrashuvda 57 ta gol urgan. Keyin 10 yil davomida Rim klubi sharafini himoya qilib, 240 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 106 marotaba ishg‘ol qilgan. Bir mavsum “Fiorentina”da o‘ynab, 1989 yili faoliyatiga yakun yasagan.

“Roma” Jakani olishga yaqin

Joze Mourino Rim klubini qabul qilib olganidan beri “Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jakani olib kelishga harakat qiladi. Yozda portugaliyalik mutaxassis o‘z rejasini amalga oshirishga juda yaqin edi. Biroq, shveysariyalik futbolchi londonliklar bilan kelishuvni uzaytirdi.

Endi “Roma” yanvar oyi yakunlanguncha Jaka transferini hal qilishga intilmoqda. Calciomercato nashrining xabar berishicha, “Arsenal” qishki transferlar vaqtida yangi markaziy yarim himoyachi olmoqchi. Agar ularning bu rejasi o‘xshasa, “Roma” sport direktori Tyagu Pinto Granti Jakani Italiyaga olib o‘tish uchun juda zo‘r imkoniyatga ega bo‘ladi.

Granit Jaka hozir avvalgidek jamoaning eng muhim o‘yinchilari qatoriga kirmaydi. U joriy mavsumda maydonda o‘n marta ko‘rinish berdi va o‘z hisobiga bitta golli pas yozdirdi.

29 yoshli futbolchi “kanonirlar” safida 2016 yildan beri o‘ynayapti. Ungacha tajribali yarim himoyachi o‘z yurtida “Bazel” va Germaniya Bundesligasida Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, Granit Jaka Shveysariya terma jamoasida 2011 yildan beri 98 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qildi.

“Roma”ni chempion qilgan so‘nggi murabbiy Mourinoga ishonch bildirdi
Fabio Kapello Italiya futbolining eng zo‘r murabbiylaridan. Bu mutaxassis A Seriyada “Milan”ni to‘rt marta, “Yuventus”ni ikki marta va “Roma”ni bir marotaba skudettoga ega chiqishini ta’minlagan.

Bundan tashqari, Fabio Kapello qo‘l ostida “Real” ham ikki bor Ispaniya chempioni bo‘lgan.

O‘z tarixida uch bor skudettoga ega chiqqan “Roma”ning oxirgi chempionligi – 2001 yili qayd etilgan va o‘shanda rim “bo‘rilari”ni aynan Fabio Kapello shug‘ullantirar edi. Bu mutaxassis jamoaning hozirgi murabbiyi Joze Mourinoga katta ishonch bildirmoqda.

- Men “Roma”dagi qiyinchiliklarni yaxshi bilaman. Mourino “Roma”ga yangi narsalarni tadbiq etishga harakat qildi, murakkab vaziyat shundoq ko‘rinib turgandi. Mana endi dastlabki mevalar ham bo‘y ko‘rsatmoqda. Jamoa uning qo‘l ostida qat’iyat va shiddat kasb etdi.

Shunday bo‘lsa ham, “Roma” bu mavsum chempionlikka erisha olmaydi, lekin qolgan jamoalarni ancha qiynaydi
, - dedi Fabio Kapello.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma”ning sobiq futbolchisidan “Roma” hujumchilariga maslahat...