09:09 / 26.01.2022
1 346

Shomurodovga jiddiy qiziqqan klub “Manchester Yunayted” yulduzini oldi

Shomurodovga jiddiy qiziqqan klub “Manchester Yunayted” yulduzini oldi
2021 yilning oktabrida Yevropa matbuoti Ispaniya chempionati vakili “Sevilya” o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirayotganini, mazkur klub sport direktori Ramon Monchi legionerimizni qishki transferlar vaqtida qo‘lga kiritmoqchi ekani haqidagi xabarlar ko‘p tarqatilgan edi.

Biroq, “Sevilya” mutasaddilari qishki transferlar vaqtida boshqacha yo‘l tutdi. Ular mavsum oxirigacha ijaraga hujumchi olishga qaror qildi. Shuning uchun Ispan klubi keyingi paytda “Manchester Yunayted”da ishlari yurishmay qolgan Antoni Marsyalga e’tibor qaratdi.

Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik mashhur futbolchini “Sevilya” ijaraga oldi. Tomonlar kelishuvi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Fransiyalik hujumchi yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va Ispaniya chempionatida 22-raqamda to‘p tepadigan bo‘ldi.

Antoni Marsyalga “Barselona”, “Atletiko” va Yuventus”dan takliflar bo‘layotgan edi. Biroq manchesterliklar “Sevilya” so‘rovini qondirishga qaror qildi.

Tajribali futbolchi “Manchester Yunayted”ga 2015 yili “Monako”dan 60 million yevroga transfer qilingan edi. Shundan beri hujumchi Angliya klubida 269 ta uchrashuvda qatnashib, 79 ta gol va 50 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Biroq u keyingi paytda asosiy tarkibga kira olmay qolayotgan edi. Marsyal joriy mavsumda Angliya premer-ligasida sakkiz marta maydonga tushib, o‘z nomiga bitta gol yozdirdi xolos.

Eldor Shomurodov esa faoliyatini “Roma”da davom ettiraveradi. Biroq, Joze Mourino hamyurtimizga yetarli darajada o‘yin amaliyoti bermayotgani bois, Shomurodov Rimni tark etishi kerakligini ta’kidlayotgan muxlisu mutaxassislar soni ko‘payib bormoqda.

Xususan,Eldor Italiya kubogi doirasida zaxiradan maydonga tushib, “Lechche” darvozasini ishg‘ol qilganiga qaramay, Joze Mourino A Seriyaning "Empoliga" qarshi o‘tkazilgan keyingi o‘yinida unga o‘ynash imkonini bermadi.

“Roma”ga yordam bera olmayotgan Pellegrini terma jamoaga chaqirtirildi

“Roma” sardori Lorenso Pellegrini joriy mavsum davomida bir necha marotaba jarohat olib, jamoasiga ko‘p ham yordam bera olmayapti. Xususan, tajribali yarim himoyachi hozir ham jarohatini davolatish bilan band.

Pellegrini rimliklarning oxirgi uchta uchrashuvini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini uni navbatdagi yig‘inga taklif etdi.

Manchini muhim o‘yinchilardan biri hisoblangan Lorensoni nazariy mashg‘ulotlarda qatnashishi unga kelajak faoliyatida bosh murabbiyning g‘oyalarini chuqurroq anglash imkonini berishini ta’kidlamoqda. Yig‘in davomida Pellegrinining maydondagi mashg‘ulotlarda qatnashishiga ruxsat berilmaydi.

Yevropaning amaldagi chempioni bo‘lgan Italiya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun o‘tish bahslarida Shimoliy Makedoniya bilan kuch sinashishi kerak.

25 yoshi Lorenso Pellegrini joriy mavsumda “Roma” safida barcha turnirlarda 20 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 9 ta gol kiritdi va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi. U Italiya terma jamoasida 2017 yildan beri o‘ynamoqda. Hozircha 19 marotaba maydonga tushgan yarim himoyachi o‘z hisobiga uchta gol rasmiylashtirgan.

Eng zo‘r hujumchi “Roma”da o‘ynayapti!

Statistika mutaxassislari “Roma” hujumchisi Temmi Abraxam qayd etayotgan natijalarga e’tibor qaratdi.

O‘tgan turda “Empoli” darvozasini ikki marotaba aniq nishonga olgan angliyalik yulduz mavsumdagi umumiy gollari sonini 17 taga yetkazib oldi. Shulardan 10 tasini A Seriyada, oltitasini Konferensiyalar ligasi va bittasini Italiya kubogida kiritdi.

Rim klubining joriy mavsumdagi eng yaxshi transferi sifatida baholayotgan Temmi Abraxam barcha gollarini o‘yindan kiritgan. Bu hujumchi to‘purar hamkasblaridan farqli ravishda penalti tepmaydi.

Ayni paytda A Seriya to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilayotgan Chiro Immobile va Dushan Vlaxovich o‘yindan to‘p kiritish bo‘yicha Abraxamdan ortda qolmoqda. Agar 11 metrlik belgidan urilgan gollarni hisobdan chiqarsak, “Latsio” yetakchisi jami 14 ta, “Fiorentina” yulduzi esa 12 ta to‘p kiritgan bo‘lib chiqadi.

“Roma” zo‘r to‘purar topganidan xursand. Biroq, Temmi Abraxam shartnomasida “Chelsi” bu o‘yinchini 2023 yilning yozida 80 million yevro evaziga qaytarib olish to‘g‘risidagi bandni kiritgani rimliklarni bezovta qilmoqda. Qolaversa, hozir “aristokratlar” ko‘p gol ura oladigan o‘tkir hujumchiga qattiq ehtiyoj sezyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovga jiddiy qiziqqan klub “Manchester Yunayted” yulduzini oldi