10:41 / 28.01.2022
1 356

Davron Fayziyev: Jahonning eng jismonan baquvvat hujumchilaridan biri uyiga qaytmoqda

Davron Fayziyev: Jahonning eng jismonan baquvvat hujumchilaridan biri uyiga qaytmoqda
"Barselona" jamoasi "Vulverxempton" vakili Adama Traoreni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub uni ijara asosida qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Traore ham mazkur transferga qarshi emas va "Tottenxem"dan kelayotgan taklifni rad etishi kutilmoqda.

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida futbolchi uyiga qaytayotgani borasida fikr bildirdi.

- Adama Traore "Barselona"ga qaytmoqda. "Vulverxempton" futbolchisi 2022 yoziga qadar ijaraga berilyapti. Tomonlar kelishuvga erishib bo‘lishdi. Traore aynan "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ijaradan so‘ng "Barselona" Adama bilan to‘liq shartnoma imzolashi ham mumkin. Uyog‘i o‘ziga va o‘yiniga bog‘liq. Jahonning eng jismonan baquvvat hujumchilaridan biri uyiga qaytmoqda, - dedi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: Jahonning eng jismonan baquvvat hujumchilaridan biri uyiga qaytmoqda