
22 yoshgacha bo‘lgan, boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Final janglarining navbatdagisi -50 kg vazn toifasida yurtdoshimiz Sabina Boboqulova hamda Shri -Lanka vakilasi Sevandi Botalaj o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki raundda Sabinaning kuchli zarbasidan so‘ng, hisob ochildi. Umumiy tarzda aytganda 1-raund yaqqol hamyurtimiz ustunligida o‘tdi. 2-raundda ham faollikni aslo susaytirmagan yurtdoshimiz ketma-ket zarbalar yo‘llab yana ikki marta hisobni ochilishiga sabab bo‘ldi va yakunda muddatidan avval g‘alabani tantana qilish barobarida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
BoksSabina BoboqulovaOsiyo chempioniyoshgachaFinal janglarYurtdoshimiz O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar