22:57 / 29.01.2022
2 052

Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi

Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi
Foto: Boks federatsiyasi
Toshkent shahrida 20—29 yanvar kunlari boks bo‘yicha yoshlar (22 yoshgacha) o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Tarixda ilk marotaba o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida 20 ta medalni qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egalladi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahsda o‘zbekistonlik sportchilar 12 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollarda bu ko‘rsatkich 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil qildi.

Qayd etish kerak, 29 yanvar kungi erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 12 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalda jang o‘tkazdi va ularning barchasi g‘alabaga erishdi.

Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilar:

Erkaklar:

Oltin:

Asilbek Jalilov — 48 kg;
Muhammadqodir Mamirjonov — 51 kg;
Shahzod Muzaffarov — 54 kg;
Dilshod Abdumurodov — 57 kg;
Xurshidbek Rasuljonov — 60 kg;
Ruslan Abdullayev — 63,5 kg;
Javlonbek Yo‘ldoshev — 67 kg;
Aziz Tojiyev — 71 kg;
Abdulaziz Abdupattayev — 75 kg;
Jasurbek Yo‘ldoshev — 80 kg;
Timur Merjanov — 86 kg;
Jahongir Zokirov — 92+ kg.

Bronza:
Javohir Tog‘aymurodov — 92 kg.

Ayollar:

Oltin:
Farzona Fozilova — 48 kg;
Sabina Boboqulova — 50 kg;
Feruza Kazakova — 52 kg;
Mohinabonu Abdullayeva — 63 kg.

Kumush:
Nigina O‘ktamova — 54 kg.

Bronza:
Sitora Turdibekova — 57 kg;
Dilfuza Bekova — 60 kg.
Ma’lumot uchun, mazkur musobaqaga Qozog‘iston terma jamoasi tashrif buyurmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi