14:14 / 30.01.2022
2 339

“Roma” uchun juda xunuk xabar!

“Roma” uchun juda xunuk xabar!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino uzoq vaqtdan beri jamoaning yetakchi himoyachisi Leonardo Spinatssolaning safga qaytishini intizorlik bilan kutayotgan edi.

28 yoshli futbolchi yozda Yevropa chempionati chorak finalida Belgiyaga qarshi uchrashuvda og‘ir jarohat olib, keyinroq operatsiya qilingan edi. Avvaliga tajribali himoyachi mavsum boshida mashg‘ulotlarga qaytishi aytildi.

Keyinchalik bu muddat ikki marta o‘zgartirildi. Dastlab, u noyabrda intensiv mashg‘ulotlarga qaytishi va dekabrda maydonga tushishi haqida ma’lumotlar tarqatildi. Keyinroq joriy mavsumdagi debyut yangi yilning boshida bo‘lishi bildirildi.

Endi “Roma” shifokori Andrea Ferretti klub rahbariyati va murabbiylar shtabiga Spinatssola joriy mavsumda maydonga qayta olmasligi haqida juda xunuk xabarni yetkazdi.

- Bu futbolchi uchun juda og‘ir jarohat. Tajribadan ma’lumki, bu turdagi jarohat juda uzoq davolanadi. Yaqinda men Leonardo bilan ko‘rishdim. Uning maydonga qaytishga ishtiyoqi baland. Lekin tez orada bunday bo‘lmasligini o‘zi ham bilsa kerak. Futbolchi hali maydondagi tiklanish mashg‘ulotlarini ham boshlay olmaydi.

Eng maqbul variant uning kelasi mavsumgacha sabr qilishi. Shunda u 2022 yilgi jahon chempionati boshlangunga qadar o‘z sport formasini tiklashga ulguradi
, - dedi Andrea Ferretti.

Spinatssolaning jarohati nafaqat “Roma”, balki Yevropa chempionati qolib chiqqan va ayni paytda Qatarda bo‘ladigan mundialga chiqish uchun o‘tish bellashuvlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Italiya milliy terma jamoasi uchun ham katta yo‘qotish hisoblanadi.

“Roma” va PSJ muzokarani davom ettirmoqda

“Roma” va “Pari Sen-Jermen” mutasaddilari parijliklar yarim himoyachisi Danilu Pereyraning Italiya klubi transferi bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda.

Le10Sport nashrining xabar berishicha, portugaliyalik futbolchiga shaxsan Joze Mourinoning o‘zi qiziqmoqda va sport direktori Tyagu Pintodan bu o‘yinchini tezroq Rimga olib kelishni so‘rayapti.

Daniluning Parij klubi bilan hali uch yillik shartnomasi bor. Biroq, klubni Maurisio Pochettino qabul qilib olganidan keyin bu o‘yinchi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi va yetarli darajada maydonga tushmayapti.

Joriy mavsumda 30 yoshli yarim himoyachi atigi o‘nta o‘yinda qatnashdi va bu o‘zini ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lgani yo‘q.

“Roma”ning moddiy imkoniyati cheklangani bois, “bo‘rilar” portugaliyalik o‘yinchini mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.

“Roma”dan ketmasak bo‘lmaydi

Gvineyalik yarim himoyachi Amadu Diavaraning agenti futbolchi “Roma” bilan xayrlashishga majbur ekanini ma’lum qildi.

Amadu Diavaraning taqdiri shu kunlarda hal bo‘ladi. Unga Italiya va Fransiya klublaridan takliflar bor. Biroq, yarim himoyachi “Vaoyensiya”da to‘p tepishni istayapti.

- Biz klub sport direktori Tyagu Pinto bilan uchrashganimidan keyin “Roma”ni tark etishimiz kerakligi oydinlashdi, - dedi Diavaraning agenti.

“Roma” mutasaddilari asosiy tarkibga kira olmayotgan o‘yinchini “Torino”ga taklif qilgan. Biroq, Diavara agenti aytganidek Ispaniya chempionatida to‘p tepishni rejalashtirmoqda.

“Roma” yana bir himoyachini nishonga oldi

“Roma” murabbiylar shtabi “Feyenoord” himoyachisi Markos Senesiga qiziqish bildirmoqda. Ular 24 yoshli futbolchi kelajakda Rojer Ibanesga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonyapti.

Il Romanista nashrining xabar berishicha, “bo‘rilar” iste’doli himoyachini yozda xarid qilmoqchi. Braziliyalik Rojer Ibanes esa, mavsum oxiriga borib klubni tark etishi mumkin. Chunki bu o‘yinchiga Yevropaning boshqa klublaridan qiziqish bor.

“Feyenoord” vakili Senesi joriy mavsumda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoya markazini mustahkam ushlashi barobarida raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

Mahoratli o‘yinchining transferi 12 million yevroga baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma” uchun juda xunuk xabar!