
“Paxtakor” klubi ham seleksiya ishlarini davom ettiryapti. Tez orada jamoa safida yana yangi nomlar paydo bo‘ladi.
Sports.uz olgan ma’lumotga ko‘ra, “Paxtakor” ikkita legioner bilan muzokaralarni yakunlash arafasida. Bu futbolchilar markaziy himoyachi va hujumchi hisoblanadi. Ulardan biri angliyalik bo‘lib, u ertaga Toshkentga yetib keladi va jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Yana bir legioner esa “Paxtakor”ning Turkiyadagi yig‘inida qo‘shilishi kutilyapti. Ma’lum bo‘lishicha, klub legionerlar bilan 99 foizga kelishib qo‘ygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar