
O‘zPFL 2022 yildagi ilk rasmiy futbol bellashuvi, O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tadigan stadion nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu yilgi Superkubok uchun bahsga Yaypanning “O‘zbekiston” stadioni mezbonlik qiladigan bo‘ldi.
27 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Superkubok uchrashuvi haqida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Superkubok uchrashuvlari bir necha yillardan buyon betaraf maydonlarda bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi Superkubok uchun bo‘lib o‘tadigan bellashuv Yaypanda bo‘lishini to‘g‘ri tanlov deb hisoblayman. Chunki oxirgi yillarda “Turon” klubi mutasaddilari futbol uchun juda katta ishlarni amalga oshirdi va ajoyib o‘yingoh barpo etildi. 27 fevral kuni Yaypanda katta futbol bayrami bo‘lib o‘tishiga ishonchim komil”, - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.
"Nasaf" matbuot xizmati.
O‘zbekiston SuperkubogiRo‘ziqul BerdiyevYaypan StadionO‘zPFL 2022Futbol UchrashuviSuperkubok Bellashuvi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar