
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi uchrashuvga faol tayyorgarlik olib bordi. O‘yin oldidan topshirilgan PSR testlar jamoamizning barcha a’zolarida manfiy chiqdi va hammasi reja bo‘yicha ketayotgandi.
Biroq bugun tongda Yangi Zelandiya terma jamoasining 12 futbolchisida o‘yinoldi tekshiruvda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Raqib jamoa vakillari bunday holatda o‘ynay olmasliklari, murabbiy esa tarkib shakllantirish uchun yetarlicha futbolchilarga ega emasligini bildirdi. O‘z navbatida O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham futbolchilar salomatligi ustuvor hisoblanadi. Natijada tomonlar bugungi o‘yinni qoldirishga qaror qilishdi.
O‘FA matbuot xizmati
O‘zbekiston Milliy Terma JamoasiYangi ZelandiyaPSR TestlarKoronavirus AniqlanganFutbolchilar SalomatligiO‘yinni Qoldirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar