22:14 / 01.02.2022
857

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yaponiyalik murabbiy boshchiligida yig‘inga kirishdi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yaponiyalik murabbiy boshchiligida yig‘inga kirishdi
Mamlakatimizda ayollar futbolini yangi darajaga olib chiqish uchun navbatdagi qadam tashlandi. O‘zbekiston ayollar TJga xorijlik mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bugundan e’tiboran O‘zbekiston ayollar terma jamoasida yaponiyalik murabbiy - Midori Honda ish boshladi. Shu kunning o‘zidayoq xorijlik mutaxassis boshchiligida vakillarimiz yig‘inga kirishishdi. "Chig‘atoy" maydonida bo‘lib o‘tgan ilk mashg‘ulot ko‘tarinki ruhiyatda boshlandi.

Futbolchilar dastlab kayfiyatni ko‘taruvchi mashqlarni murabbiy bilan birgalikda bajarishdi. Midori Honda mashg‘ulot oldidan o‘zining ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘zbekiston ayollar terma jamoasida ishni dastlab nimadan boshlayapsiz?
- Birinchi o‘rinda eng muhimi shuki, ayollar terma jamoasida futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi. Ya’ni o‘yinchi oldindagi uchrashuvni yuta olishiga o‘zini ishontira olishi kerak. Ikkinchidan - mentalitet.

- Yangi ish joyingizni qay darajada o‘rgandingiz va bo‘lg‘usida nimaga e’tibor bermoqchisiz? Uslubingiz qanday?
- Avvalo to‘pni o‘zimizda yaxshi nazorat qila olishimiz zarur. Maqsadimiz olimpiya o‘yinlariga chiqish. Futbolchi qilayotgan ishini sevishi darkor.

- Hali katta yutuqlarni qo‘lga kiritmagan jamoada sovrinlar sari ilk qadam qanday bo‘ladi?
- Mening taktikamda yuqorida aytganimdek asosiy narsa to‘pni uzoq vaqt o‘zimizda ushlab turish. Shunchaki raqibga berib yuborish noto‘g‘ri. To‘pni meniki, deb o‘ylashni o‘rgatmoqchiman.

- Maqsadingiz qanday?
- Men yaponman, jamoam esa o‘zbek. Shu bois o‘zbekistonlik ayollar bilan aloqani mustahamlab olishni rejalashtirganman. Mamlakatda ayollar futbolini rivojlantirish maqsadlarimdan biri hisoblanadi.


















- O‘zbekiston ayollar terma jamoasida ishni dastlab nimadan boshlayapsiz?

- Birinchi o‘rinda eng muhimi shuki, ayollar terma jamoasida futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi. Ya’ni o‘yinchi oldindagi uchrashuvni yuta olishiga o‘zini ishontira olishi kerak. Ikkinchidan - mentalitet.

- Yangi ish joyingizni qay darajada o‘rgandingiz va bo‘lg‘usida nimaga e’tibor bermoqchisiz? Uslubingiz qanday?

- Avvalo to‘pni o‘zimizda yaxshi nazorat qila olishimiz zarur. Maqsadimiz olimpiya o‘yinlariga chiqish. Futbolchi qilayotgan ishini sevishi darkor.

- Hali katta yutuqlarni qo‘lga kiritmagan jamoada sovrinlar sari ilk qadam qanday bo‘ladi?
- Mening taktikamda yuqorida aytganimdek asosiy narsa to‘pni uzoq vaqt o‘zimizda ushlab turish. Shunchaki raqibga berib yuborish noto‘g‘ri. To‘pni meniki, deb o‘ylashni o‘rgatmoqchiman.

- Maqsadingiz qanday?
- Men yaponman, jamoam esa o‘zbek. Shu bois o‘zbekistonlik ayollar bilan aloqani mustahamlab olishni rejalashtirganman. Mamlakatda ayollar futbolini rivjolantirish maqsadlarimdan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yaponiyalik murabbiy boshchiligida yig‘inga kirishdi