20:57 / 01.02.2022
674

Midori Xonda O‘zbekiston ayollar terma jamoasidagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

Midori Xonda O‘zbekiston ayollar terma jamoasidagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi boshqaruvini tajribali mutaxassis Midori Xonda o‘z qo‘liga oldi.

Bugun Chig‘atoy bazasida yaponiyalik murabbiy ilk yig‘inini boshladi. Birinchi mashg‘ulotlarga MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurishdi hamda yaponiyalik mutaxassislar faoliyatiga omad tilashdi. Oldimizda turgan maqsadlar yo‘lida jamoamizga barcha sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qilishdi.

Futbolchilar bilan suhbatda jamoa manfaati yo‘lida barcha bir tan-u, bir jon bo‘lib harakat qilish kerakligi aytildi. Shuningdek, rahbariyat terma jamoamiz Parij olimpiadasida ishtirok etishiga tilak va ishonch bildirilib, bu yo‘lda bo‘lajak turnirlarning ahamiyati, ularga tizimli va sifatli tayyorgarlik ko‘rish, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish zarurligi, doimiy ravishda mehnat qilib borish muhimligi ta’kidlandi.

Suhbat yakunida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasining bosh murabbiyiga MOQning maxsus sovg‘asi topshirildi.

O‘FA matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Midori Xonda O‘zbekiston ayollar terma jamoasidagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi