
Avvalroq zo‘rlash, jinsiy zo‘ravonlik va o‘lim bilan tahdid qilishda gumon qilinib, hibsga olingan Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» hujumchisi Meyson Grinvud keyingi tergovgacha garov evaziga qo‘yib yuborildi.
Grinvud birinchi marta zo‘rlash va tajovuzda gumon qilinib hibsga olingan edi, shundan so‘ng seshanba kuni Manchester politsiyasi 20 yoshli yigitni jinsiy zo‘ravonlik va o‘lim tahdidida gumon qilib hibsga olganini e’lon qildi, ammo mahbusning ismini aytmadi.
Politsiya vakili bugun ertalab 2022 yil 30 yanvar yakshanba kuni ayolga zo‘rlash va unga hujum qilishda gumon qilinib hibsga olingan 20 yoshli yigit keyingi tergovgacha garov evaziga qo‘yib yuborilganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Grinvudning sobiq sevgilisi futbolchi tomonidan tajovuzga uchragani va haqoratlangani haqidagi fotosuratlar va videolarni e’lon qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.