
Afrika millatlar kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Burkina Faso - Senegal uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda nominal mehmonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Senegalliklar safida Diallo, Guye va Mane raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Burkina Fasoning yagona goli Ture tomonidan kiritildi.
Shunday qilib, Senegal Afrika millatlar kubogi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Burkina-Faso – Senegal 1:3
Gollar: 0:1 – 70 Diallo, 0:2 – 76 Guye, 1:2 – 82 Ture, 1:3 – 87 Mane.
Burkina-Faso – Koffi (Uedraogo, 36), Kabore, Dayo, Tapsoba, Yago, Gira (Uattara, 81), Ture, Sangare, Bande (Tapsoba, 81), Traore, Bayala (Sanogo, 60).
Senegal – Mendi, Sarr, Kulibali, Diallo, Siss, Kuyate (Guye, 65), Guye, Mendi, Mane, Dediu (Sarr, 65), Deng (Sarr, 78).
Ogohlantirish: Gira (28), Sarr (50), Sisse (90+3).
Ertaga Kamerun hamda Misr termalari finalning ikkinchi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing