933
Si Szinpin: «Xitoy Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazishga tayyor va uning xavfsizligi uchun hamma narsani qiladi»
Foto: «TASS»
Xitoy Pekinda 2022 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazishga to‘liq tayyor va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘radi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining 3 fevral kungi sessiyasida Xitoy yetakchisi Si Szinpin ma’lum qildi, deb xabar beradi «TASS».
«Pekinda o‘tkaziladigan Olimpiada ertaga kechqurun ochiladi. Butun dunyo e’tiborini Xitoyga qaratadi va mamlakatimiz tayyor. Olimpiada o‘yinlari yorqin va dabdabali o‘tishi uchun barcha narsani qilamiz», — deydi davlat rahbari.
Xitoy yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy dunyo jiddiy o‘zgarishlar va yuz yillikdagi birinchi pandemiya ta’siri ostida chuqur transformatsiya hamda insoniyat uchun jiddiy sinovlar davriga kirmoqda.
«Biz Olimpiya g‘oyasini amalga oshirish tarafdorimiz. Qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish orqali biz Xitoyda 300 million kishini qishki sport turlariga muvaffaqiyatli jalb etdik. Shuningdek, biz Xitoyda mintaqaviy rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, innovatsion yechimlar va odamlarning turmush darajasini yaxshilashga ko‘maklashdik», — deya qo‘shimcha qiladi Si Szinpin.
Avvalroq AQSH va Avstraliya ortidan Britaniya ham Pekinda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilgan edi. Diplomatik boykot rasmiy delegatsiyalarning Olimpiadaga borishdan bosh tortishini anglatadi. Ushbu cheklovlar sportchilarga ta’sir qilmaydi.
XXIV qishki Olimpiada o‘yinlari Pekinda 2022 yilning 4—20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. 4—13 mart kunlari Xitoy poytaxti Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot