
Angliya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Midlsbro" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, 24-daqiqada Sancho o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Kruks muvozanatni tikladi. Esktra taymlarda ham shu hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida "qizil iblislar" 7:8 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib turnirni tark etdi.
Manchester Yunayted – Midlsbro 1:1, pen. seriyasi 7:8
Gollar: 1:0 – 25 Sancho, 1:1 – 64 Kruks.
Manchester Yunayted – Xenderson, Diogu Dalot, Varan (Jons, 90), Maguayr, Shou, Pogba (Fred, 82), Brunu Fernandesh, Maktomini, Ronaldu, Reshford (Elanga, 82), Sancho (Mata, 100).
Midlsbro – Lamli, Makneyr, Fray, Deykstel, Teylor (Pelter, 90), Xauson, Kruks (Payero, 79), Taverne, Jons (Bamba, 118), Shporar (Konnolli, 90), Balogun (Uotmor, 62).
Ogohlantirish: Pogba (42), Taverne (71), Fred (114).

Angliya KubogiManchester YunaytedMidlsbroSancho GollariPenalti SeriyasiFutbol O‘yini O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar