Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda "Roma" ochko yo‘qotdi

Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda "Roma" ochko yo‘qotdi
A Seriya 24-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Jenoa" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur o‘yinda 0:0 hisobi qayd etildi.

Ushbu natijadan so‘ng "Roma" hisobidagi ochkolar sonini 39 taga yetkazib oldi. Ayni vaqtda ular A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. 14 ochkoga ega genuyaliklar esa 19-pog‘onani band etgan.

Qayd etish lozim, hamyurtimiz Eldor Shomurodov sobiq jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar