2 126
Mourinyu "Jenoa"ga qarshi o‘yindan so‘ng: "Kelinglar, futbolga boshqacharoq nom o‘ylab topamiz"
"Roma" A Seriya 24 turida "Jenoa" bilan nursiz durang o‘ynadi. Klub ustozi Joze Mourinyu Zanolo tomonidan kiritilgan golning bekor qilinishini qattiq tanqid ostiga oldi.
Murabbiyning fikricha, o‘sha holatda "Roma"ning toza goli inobatga olinmadi. O‘sha vaziyatda Temmi Abraxam hujum payti qo‘pollik ishlatgan deb topilib, gol bekor qilingandi.
"Agar hakam to‘g‘ri qaror qabul qilgan bo‘lsa, unda biz shuncha yillardan beri sevib tomosha qiladigan o‘yinimiz o‘zgarib ketibdi. Bu endi boshqa sport turi. Agar o‘sha joyda rostdan ham qo‘pollik bo‘lgan bo‘lsa, bu futbol emas. Kelinglar, futbolga boshqacharoq nom o‘ylab topamiz.
Agar hakam xato qildi deb oladigan bo‘lsak, bundan birinchi bo‘lib hakamning o‘zi hafa bo‘ladi. Bu holat esa "Roma" uchun odatiy holga aylanib bo‘ldi. Bu kabi tushunarsiz qarorlar ushbu mavsumning o‘zida juda ko‘p takrorlanmoqda.
Boshqa bir variant ham bor. "Roma" kuch-qudratga ega tomonlarning nazdida juda kichkina klub. Shu joyida men o‘z so‘zimni yakunlayman. Ayni damdagi Mourinyu bu yerga sakkiz oy oldin kelgan murabbiydan tamomila farq qiladi", - deydi Joze Mourinyu. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi