819
Diyego Simeone: "Xavi 2016 yilda "Atletiko"ning uslubi katta jamoalar uchun emasligini aytgandi. Endi u..."
"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone "Barselona"ga qarshi La Liga 23-tur doirasidagi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Xavi 2016 yilda "Atletiko" o‘ynayotgan uslub katta jamoalar uchun emasligini aytgandi. Hozir esa u o‘zi xohlagan o‘yinni, klubdagi yillar davomida o‘rganilib qolgan uslubni qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biz raqibga muammo tug‘diradigan tarzda o‘ynashga harakat qilamiz.
Agar siz butun umringizni muayyan sharoitlarda o‘tkazgan bo‘lsangiz, boshqalarni tushunmaysiz. Men uning fikrlariga hurmat bilan qarayman, u butun faoliyati davomida "Barselona"da o‘ynash uchun yetarli mahoratga ega edi. Sheriklari ham buyuk futbolchilar edi, ular katta muvaffaqiyatlarga erishishdi. Endi u o‘zini murabbiy sifatida ko‘rsatishi kerak va u muvaffaqiyatga erishishiga ishonaman.
Menga "Barselona"ning qanday o‘ynayotgani yoqadi. U o‘z falsafasini singdirdi. U jamoaning ushbu uslubga amal qilishini ta’minlash uchun barcha narsalarga ega.
"Atletiko"ga kelganimdan beri "Barselona" har doim barcha musobaqalarda g‘alaba qozonish uchun kurashgan. Bizni raqobatchimizga qarshi muhim o‘yin kutmoqda, bahs qiziqarli bo‘ladi. Biz haligacha "Barsa"ni uyida mag‘lub eta olmaganmiz", - deydi Simeone. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi