Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi BAA mamlakatida bo‘lib o‘tgan "Fujairah Open" musobaqasida ishtirok etdi. Unda vakillarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal qo‘lga kiritishdi. Taekvondo federatsiyasi matbuot xizmati terma jamoa bosh murabbiyi Pavel Xan bilan suhbatlashdi.
"Umuman olganda musobaqa yaxshi o‘tdi. Ko‘plab davlatlar asosiy sportchilari bilan ishtirok etishdi. Bizning taekvondochilar 6-7 oydan buyon xalqaro musobaqada ishtirok etishmagandi. Ammo shunga qaramay sportchilarimizning natijalari yomon bo‘lmadi. Munosib ishtirokdan xursandman.
Ulug‘bek Rashitov Olimpiadadan keyingi birinchi xalqaro musobaqasida qatnashdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. U eng yuqori sport formasida bo‘lmasa ham chempion bo‘ldi. Asosiysi u o‘zi uchun muhim 20 ballga ega bo‘ldi.
Omonjon Otajonov va Iroda Mirtojiyeva uchun bu kattalar o‘rtasidagi birinchi xalqaro musobaqa edi. Ular katta tajribaga ega bo‘lishdi", - dedi Pavel Xan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi