Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan klublarimiz orasida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi ham bor. 4 fevral kuni Antaliyaga yetib kelgan jamoa "Atlantis" mehmonxonasida istiqomat qilyapti. Uch hafta davom etadigan yig‘in davomida 7 ta nazorat uchrashuvi rejalashtirilgan. Odatda, klublar ikki haftalik yig‘in o‘tkazishadi. Biroq “Qizilqum” 21 kun mobayida tayyorgarlik ko‘rmoqchi.
Klubdagi o‘zgarishlar xususida saytimiz orqali xabar berib boryapmiz. Serbiyalik yangi bosh murabbiy Nikola Lazarevich uchun “Qizilqum” bilan Turkiyadagi yig‘in juda muhim hisoblanadi. Kecha Antaliyadagi dastlabki nazorat uchrashuvi o‘tkazildi. Lekin qayd etilgan natija ko‘ngilni xira qildi. 0:5! Albatta, yoqimsiz. To‘g‘ri, bu o‘rtoqlik o‘yini sanaladi. Ayniqsa, Turkiyada shug‘ullanayotgan klublarimiz ishtirokidagi o‘yinlarni va natijalarni diqqat bilan kuzatib kelyapmiz. Bularning bari nazorat-sinov o‘yini bo‘lishiga qaramay, bunday o‘ta yirik hisobdagi mag‘lubiyat erish tuyularkan.
“Qizilqum” kimga bunday hisobga yutqazganini bilsangiz kerak. Raqib Bosniya va Gersegovinaning “Sarayevo” klubi. O‘tgan yili Bosniya chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan va Kubok sohibiga aylangan. Ko‘rinib turibdiki, jiddiy jamoa. Lekin “Qizilqum” ham bu yil anoyi emas. “Sarayevo”ga qarshi navoiyliklarning tarkibi shunday ko‘rinish olgandi: Javohir Ilyosov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Tolmasov, Oleg Zoteyev, Salim Mustafoyev, Erkin Boydullayev, Aleksandar Stanislavlevich, Sherali Jo‘rayev, Sanjar Shoahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxirada: Ignatiy Nesterov, Artyom Makosin, Shaxzod Turopov, Ilhom Kenjayev, Bobur Yo‘ldoshev, Fayzulla Qambarov, Jasur Azimov, Timur Nabiyev, Azamat Maqsumov, Azizbek Usmonov, Orifxo‘ja Abduxoliqov, Xumoyun Abdualimov.
Aftidan, “Sarayevo” futbolchilari “Qizilqum”ning “ko‘zi”ni ochib qo‘ygan ko‘rinadi. Lekin bu o‘rtoqlik o‘yini bo‘lgani uchun bundan fojea yasashga hojat yo‘q. Shunchaki, o‘yindagi xato va kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarilsa bo‘lgani. Bu borada bizdan ham ko‘ra Nikola Lazarevich hammasini yaxshi tushunib turgani aniq. 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat uchun serbiyalik murabbiy Sports.uz muxbiriga quyidagicha izoh berdi:
“Ha, biz bugun raqibga yuqori darajada bosim o‘tkazishni niyat qilgandik. Ammo buning iloji bo‘lmadi. Bosniyada chempionat 10 kundan keyin boshlanadi. Shu sabab raqib jismonan bellashuvga tayyor edi. Biz hali jismoniy tayyorgarlik ustida ko‘p ishlashimiz kerak”.
Bosh murabbiy ko‘proq nimaning ustida ishlash kerakligini aytdi. Shunchaki, o‘ylab qoldik: faraz qiling, agar “Qizilqum” shu tarkibi bilan chempionatda 0:5 hisobida yutqazib qo‘yganida nima bo‘lardi? Qandaydir o‘zgarishlarni keltirib chiqarsa ham ajablanmagan bo‘lardik. Qaytanga, mana shunday mag‘lubiyatlarning shu kabi o‘rtoqlik o‘yinlarida yuz berishi ham durust, aslida. Faqat o‘sha gap: bundan jamoa to‘g‘ri xulosa chiqarsa bo‘lgani.
O‘yin va natijadan ma’lumki, raqib Lazarevich jamoasining kamchiliklarini ko‘rsatib bergan. Tarkibda Oleg Zoteyev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Erkin Boydullayev, Ignatiy Nesterov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov, Shuhrat Muhammadiyev, Bobur Yo‘ldoshev kabi tajribali futbolchilarga ega jamoadan endi faqat yuqori natijalar kutiladi. Lekin bir jihatni hisobdan chiqarmaslik kerak. To‘g‘ri, “Qizilqum”ning maqsadi jiddiy. Ammo murabbiy yangi, tarkibga qo‘shilgan futbolchilar ham yangi. Nikola Lazarevichning uslublarini o‘zlashtirishi va o‘zi istagan o‘yinni yo‘lga qo‘yib olishi uchun xohlasak ham, xohlamasak ham vaqt talab etiladi. Xuddi shu fikrni yangi futbolchilarga nisbatan ham ayta olamiz. Ha, ko‘pchiligi oldin birga to‘p surishgan. Lekin baribir ular yana yangi jamoa safida. Shunday ekan, moslashishga ham vaqt kerak bo‘ladi. Bu borada Turkiyadagi yig‘in “Qizilqum” uchun ayni muddao.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"