Xavi "Espanol"ga qarshi o‘yindan keyin futbolchilarini maqtadi

Xavi "Espanol"ga qarshi o‘yindan keyin futbolchilarini maqtadi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi La Liga doirasidagi "Espanol"ga qarshi o‘ynidan keyingi matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Biz g‘alaba uchun o‘ynadik. "Espanol"ga qaraganda bizda ko‘proq imkoniyatlar bo‘ldi. Yakunda esa ikki ochko yo‘qotdik.

O‘ylashimcha, o‘yinni nazorat qildik, 2:0 hisobida oldinga o‘tib olmaganimiz alam qildi. Raqib o‘z imkoniyatlaridan foydalandi. Boshqa kuni biz bilan shunday bo‘lgandi. Bugun jamoamiz pressing va yakkama-yakka kurashlarda yaxshi harakat qildi.

De Yong – professional va uni ko‘p marta o‘rnak qilib ko‘rsatganman. U to‘purar, uning goli bizga yakunda ochko keltirdi
", - dedi murabbiy.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar