17:25 / 15.02.2022
935

Eldor Shomurodov: "O‘zbekistonlik futbolchilar Yevropada qancha ko‘p o‘ynashsa, terma jamoaga shunchalik yaxshi"

Eldor Shomurodov: "O‘zbekistonlik futbolchilar Yevropada qancha ko‘p o‘ynashsa, terma jamoaga shunchalik yaxshi"
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov UEFA.COM saytiga intervyu berdi. Quyida uning terma jamoaga oid javoblarini taqdim etamiz.

Terma jamoadagi sardorlik
Bu men uchun katta ahamiyatga ega. Buni so‘z bilan ta’riflash qiyin. Bunchalik erta sardor etib tayinlashlari va terma jamoa uchun bu qadar muhim futbolchi bo‘laman deb o‘ylamagandim. Hozir bizda avlodlar almashmoqda, yosh o‘yinchilar maydonga tushmoqda, men kattalar futboli vakili sifatida ularga o‘rnak bo‘lishim kerak, shuning uchun bu men uchun juda muhim.

O‘zbekiston haqida
Men vatanimni juda yaxshi ko‘raman. Men uchun mamlakat ham, O‘zbekiston terma jamoasi ham muhim. Terma jamoaga chaqirilganimda yoki ta’til paytida yurtimga boraman. Boshqa payt esa buning uchun vaqtim yetmaydi. O‘zbekiston va ota-onamni albatta juda sog‘inaman.

A Seriyada o‘ynagan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi
Albatta bundan faxrlanaman va mamnunman. Lekin bizda bu darajada o‘ynay oladigan futbolchilar ko‘p. Men ularning shu yerda to‘p tepishlarini juda istardim. Men imkon qadar ko‘proq o‘yinchilarimizni Yevropada bo‘lishini istardim. Bu butunlay boshqacha futbol, boshqacha tezlik. Bu yerda o‘sish uchun ko‘p narsa mavjud. Futbolchilarimiz Yevropada qancha ko‘p o‘ynashsa, terma jamoaga shunchalik yaxshi bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: "O‘zbekistonlik futbolchilar Yevropada qancha ko‘p o‘ynashsa, terma jamoaga shunchalik yaxshi"