Ronaldu yevrokubokdagi gollar soni bo‘yicha Messi va Raulga yetib oldi

Ronaldu yevrokubokdagi gollar soni bo‘yicha Messi va Raulga yetib oldi
Ronaldu evrokubokdagi gollar soni bo‘yicha Messi va Raulga etib oldi

“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu chempionlar ligasining 1/8 finalida “Shalke” darvozasiga kiritilgan gollarning biri muallifi bo‘ldi.

Bu portugaliyalik futbolchining yevrokuboklardagi 76 goli bo‘ldi. Shu tariqa Ronaldu gollar soni bo‘yicha “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Real”ning hujumchisi Raul bilan tenglashib oldi.

Ta’kidlash joiz, bu gol Ronalduning “Real” safida chempionlar ligasidagi 58 o‘yindagi 58 goli edi.

Manba: www.kun.uz

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar