821
Anchelotti: "Biz hech qachon "Real Madrid" Chempionlar ligasida g‘olib chiqadi, deb aytmaganmiz. Biroq kurashishga qodirmiz"
Karlo Anchelotti "Real Madrid"ning Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlari haqida gapirdi. “Qaymoqranglilar” ustozi turnirning 1/8 finali ilk uchrashuvida PSJga qarshi kechgan uchrashuv (0:1) haqidagi savollarga javob berdi.
“Klubdagi futbolchilar bilan birgalikda prezident bilan ham gaplashdim. Rahbariyat ham xuddi qolganlar singari qayg‘uda. Jamoa imijiga putur yetdi. Natija muammolarimizning eng kichiki, chunki uni tuzatish mumkin. O‘yinimiz ancha yomon o‘tdi.
Tanqidlar o‘rinli, chunki biz noto‘g‘ri ish qildik. Birinchi tanqidchi mening o‘zim va men mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Biz nima sodir bo‘lganini tushunishimiz va undan saboq olishimiz kerak. Ba’zi tanqidlar adolatli, ba’zilari esa safsata.
Hech qachon Chempionlar ligasida g‘olib chiqamiz deb aytmaganmiz. Ammo biz kurasha olamiz va uch haftadan so‘ng yana PSJga qarshi jon-jahdimiz bilan kurashamiz, bunga hech qanday shubha yo‘q”, — dedi “Real Madrid” ustozi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?