
“Chelsi” sardori va yetakchi himoyachisi Sesar Aspilikueta mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etadigan bo‘lyapti.
“Aristokratlar”ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng Aspilikueta klublar miqyosida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan o‘yinchiga aylandi. Tajribali himoyachi “Chelsi”safida bu ko‘rsatkichni qayd etgan yagona futbolchi sifatida qayd etildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Aspilikueta “Barselona” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan. U mavsum yakunlanishi bilan erkin agent sifatida Kataloniyaga yo‘l oladi.
O‘z navbatida, “Chelsi” ham o‘z sardorini olib qolmoqchi. Biroq, 10 yildan beri “aristokratlar” sharafini himoya qilayotgan 32 yoshli o‘yinchi ikki yillik shartnoma talab qilayotgani klubga to‘g‘ri kelmadi.
ChelsiSesar AspilikuetaMavsum YakunlanishiKlubni Tark EtishBarselona BilanErkin Agent O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar