“Roma” rahbariyati klub tarixidagi eng zo‘r hujumchi Franchesko Tottini yana Rimga qaytarishga qaror qildi. Sobiq hujumchi klub boshqaruvidagi lavozimlardan birini qabul qilib olishga tayyorligini bildirgan va Italiya matbuoti uni ko‘ndirishda Joze Mourinoning hissasi borligini yozmoqda.
Totti futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin ma’lum muddat klubda ishladi. Biroq unga biror masalasini hal qilish vakolatini berishmagani uchun ishdan ketgan edi.
Shundan so‘ng, Totti ikki yil davomida sevimli jamoasining uy uchrashuvlariga ham kelmay qo‘ydi. Hozir vaziyat o‘zgargan. Franchesko Totti tribunalardan turib jamoani qo‘llab-quvvatlamoqda. U jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino, sport direktori Tyagu Pinto va klubga egalik qiluvchi Fridkinlar oilasi bilan do‘stona aloqa o‘rnatgan.
Hozirgi rahbariyat rimlik muxlislarning qalbidan joy olgan sobiq futbolchi bilan hamkorlik qilishga tayyor va bu borada muzokaralar yakuniy pallaga kelgan.
“Roma” ikki futbolchiga yangi shartnoma beradi
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto klubga kerakli o‘yinchilar bilan navbatma-navbat yangi shartnoma imzolab chiqmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, tez orada 25 yoshli markaziy himoyachi Janluka Manchini klubdan yangi taklif oladi.
Hozir italiyalik himoyachi ikki million yevro miqdorida maosh olmoqda. Asosiy tarkibning muqim o‘yinchisiga aylangan Manchini yangi bitim tuzish orqali daromadini sezilarli darajada oshirilishini kutyapti. Chunki, uning himoya markazidagi sherigi Kris Smolling yiliga 3 million yevro olmoqda.
Shuningdek, 28 yoshli tayanch yarim himoyachisi Jordan Veretuga ham tanlash imkoniyati beriladi.
Fransiyalik legionerga hozirning o‘zida Angliya premer-ligasi vakillaridan qiziqarli takliflar bor. Kelajagi borasida qayg‘urayotgan Veretu ishlarini tartibga solish uchun agentini almashtirishga ham harakat qilgandi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Roma” bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadigan Veretu eng ko‘p maosh oladigan to‘rt futbolchidan biri. Unga klub bir mavsum uchun 3 million yevro to‘lamoqda. Tabiiyki, o‘zaro kelishuv uzaytiriladigan bo‘lsa, xizmat haqi ham ko‘tariladi.
Mourino eski shogirdini kutyapti
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto yozda jamoaga taklif qilinadigan futbolchilar qatoriga “ManchesterYunayted” himoyachisi Erik Bayini ham qo‘shdi.
Il Romanista nashrining xabar berishicha, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino 27 yoshli futbolchini olishni tayinlagan. Portugaliyalik mutaxassis bu himoyachining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.
Joze manchesterliklarni boshqargan davrda ivuarlik futbolchi uning qo‘l ostida barqaror o‘yin namoyish qilgan.
Bayi “Manchester Yunayted”ga 2016 yili “Vilyarreal”dan 38 million yevro evaziga transfer qilingan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.
Bugungi kunga kelib, Bayi asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan. U joriy mavsumda atigi yettita uchrashuvda ko‘rinish berdi, biroq biror samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.
Shu bois, “Manchester Yunayted” ham foydasi tegmayotgan futbolchidan tezroq qutilmoqchi. Tabiiyki, ayni kuchga to‘lgan paytda vaqtini zaxirada o‘tkazayotgan Bayining o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyoti beradigan klubga o‘tishni istayapti.
Transfermarkt portali Erikning transfer summasini 8 million yevroga baholamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi