Foto: O‘FA
Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi—2023 musobaqasining 3-saralash bosqichidagi C guruhi o‘yinlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. 24 fevral kuni saralash o‘yinlariga qur’a tashlandi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rin olgan C guruhi taqvimi e’lon qilindi.
O‘zbekiston saralash bosqichidagi dastlabki o‘yinini 8 iyun kuni Shri-Lankaga qarshi bahs bilan boshlaydi. 11 iyun kuni Maldiv orollariga qarshi o‘ynasa, 14 iyunda Tailandga qarshi maydonga tushadi.
C guruhidagi barcha uchrashuvlar Namangandagi «Markaziy» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Osiyo Kubogi—2023
3-saralash bosqichi
C guruhi
8 iyun
O‘zbekiston — Shri-Lanka
Tailand — Maldiv orollari
11 iyun
Shri-Lanka — Tailand
Maldiv orollari — O‘zbekiston
14 iyun
O‘zbekiston — Tailand
Maldiv orollari — Shri-Lanka
JCH—2022 va OK—2023 qo‘shma saralashining ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra, 12 ta terma jamoa va mezbon Xitoy Osiyo Kubogining final bosqichiga yo‘llanma olgan. 3-saralash bosqichida har bir guruh g‘olibi va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega beshta ikkinchi o‘rin sohibi Osiyo Kubogi yo‘llanmasiga ega chiqadi.
Osiyo Kubogi 2023 yilning 16 iyunida start oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH—2022 va OK—2023 qo‘shma saralashining ikkinchi bosqichida D guruhida ikkinchi o‘rinni olgandi. O‘zbekiston eng yaxshi ikkinchi o‘rinlar qatoriga kira olmagan va JCH—2022 uchinchi saralash bosqichi bilan birga OK—2023 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmadan quruq qolgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi