Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizoli vaziyat futbolni ham chetlab o‘tmayapti. Jumladan, bir necha soat oldin Ukraina Premer-ligasi to‘xtatilgani haqida rasmiy xabar chiqdi. Katta ehtimol bilan, Rossiya Premer-ligasining 26 fevralda boshlanishi kerak bo‘lgan ikkinchi davrasi ham ortga surilishi mumkin.
Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Agar Rossiya chempionati o‘yinlari o‘tkazilmasa, legionerlarimizning holi qanday kechadi? Ular mavsum boshlanganidan so‘ng O‘zbekiston Superligasida o‘ynash huquqiga ega bo‘ladimi? Bu borada O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qildik:
"Bu ko‘rib chiqishga arziydigan masala. Reglamentga ko‘ra, imkon bor. O‘zi reglamentning maqsadi ham aynan futbolchi huquqlarini himoya qilish. Agar Rossiya klublari chempionatni davom ettira olmasa, keyin biz vaziyatga qarab qaror qilishimiz mumkin.
Hujjatda "force major" holatlarda, klub bankrotlikka uchrasa, mumkin deyilgan. Shu narsa aniq-ki, agar rossiyada futbol to‘xtatilib, legionerlarimiz ortga qaytishni istasa, PFL ularga albatta yordam beradi. Reglament xorijda to‘p tepayotgan o‘zbeklarni shunchaki ko‘chada qoldirmaydi. Bu masalaning eng oxirgi bosqichi. Chempionat osonlikcha to‘xtatilmasligi ham turgan gap.
Bu mavzuda ikki xil holat bo‘lishi mumkin. Ya’ni, futbolchi unga bog‘liq bo‘lmagan sabab bilan ortga qaytishga majbur bo‘lsa, yordam bera olamiz. Biroq klubi bilan kelisha olmay, mavsum yarmida kelsa, PFL ularga chempionatda o‘ynash huquqini taqdim qila olmaydi". “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi